Muloqot. Uz – Oʻzbekcha ijtimoiy tarmoqdir. Simple Networking Solutions kompaniyasi ishlab chiqqan.

Muloqot.Uz
Joriy holati Oʻchirilgan
Sayt turi Ijtimoiy tarmoq
Roʻyxatdan oʻtish Majburiy
Qaysi tillarda Oʻzbekcha
Muassisi Farhod Fayzullaev
Muallifi “Simple Networking Solutions” MChJ
Ochilgan sanasi 2011-yil avgust
URL muloqot.uz

„Muloqot. Uz“ ijtimoiy tarmogʻi bayonoti tahrir

„Muloqot. Uz“ ijtimoiy tarmogʻi millati, diniy eʼtiqodi, jinsi va ijtimoiy holatidan qatʼi nazar, fuqarolik jamiyati rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshish niyatida boʻlgan sogʻlom va mustaqil fikrlovchi hamda mas’uliyatli kishilarni birlashtiradi. „Muloqot. Uz“ ijtimoiy tarmogʻi umuminsoniy qadriyatlar va milliy anʼanalar, tenglik va bagʻrikenglik tamoyillarini tan oladi va qoʻllab-quvvatlagani holda har qanday koʻrinishdagi zoʻravonlik hamda tahqirlashga qarshi chiqadi. „Muloqot. Uz“ ijtimoiy tarmogʻi shaxsning har tomonlama rivojlanishi gʻoyalarini amalga oshirish maqsadida yoshlarning maʼnaviy va jismoniy barkamolligi, yoshlar orasida oliy qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarning zamonaviy bilimlar va texnika taraqqiyoti yutuqlarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirishlari uchun qiziqish uygʻotish maqsadida zarur sharoitlarni yaratib beradi. „Muloqot. Uz“ ijtimoiy tarmogʻida aʼzo nafaqat muloqotga kirishish imkoniyati mavjud, shu bilan birga turli sohalardagi oʻz ijod namunalari, tajribasi, bilim va gʻoyalarini hammaslaklarning koʻpming kishilik auditoriyasi bilan baham koʻrishi mumkin.

„Muloqot. Uz“ ijtimoiy tarmogʻining barcha aʼzolari – bir-biri bilan ochiq muloqot qiladigan hayotda bor shaxslardir. Bizda anonimlarga oʻrin yoʻq, ammo har bir aʼzoning shaxsiy maʼlumotlari maxfiyligi saqlanishiga kafolat beriladi.

Muloqot. Uz egasi va ishlab chiquvchisi haqida tahrir

„Simple Networking Solutions“ MChJ Muloqot. Uz ijtimoiy tarmogʻi egasi va ishlab chiquvchisi hisoblanadi. „Muloqot. Uz“ nomi va „Muloqot. Uz“ tasviriy beligisiga (logotipi) tegishli barcha huquqlar, muloqot.uz va mqt.uz domenlari, „Muloqot. Uz“ dasturiy kodi va „Muloqot. Uz“ dasturiy kodi saqlanadigan serverlar „Simple Networking Solutions“ MChJga tegishli. Muloqot. Uz Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi (OAV) sifatida roʻyxatga olingan (Guvohnoma raqami: 0676, berilgan vaqti: 20.06.2011). „Simple Networking Solutions“ MChJ oʻzbekistonlik va xorijiy mualliflarning musiqiy asarlarini jamoatchilikka yetkazish boʻyicha „Oʻzbeksiton mualliflar va ijrochilar gildiyasi“ JT bilan bitimga ega. Agar siz huquq egasi hisoblansangiz va sizda taklif yoki eʼtiroz boʻlsa, iltimos, aloqa formasi orqali biz bilan bogʻlaning.

Texnik tafsilotlar tahrir

„Muloqot. Uz“ ijtimoiy tarmogʻi serverlari „Oʻzbektelekom“ AKning „Biznesni rivojlantirish markazi“ filiali maʼlumot markazida joylashgan. „Muloqot. Uz“ fayllari TAS-IX tarmogʻida joylashgani uchun ham sayt traffigi Oʻzbekistonning koʻplab internet-provayderlari (mobil aloqa operatorlaridan tashqari) uchun bepul hisoblanadi. „Muloqot. Uz“ aʼzolarning shaxsiy maʼlumotlari maxfiyligi hamda xavfsizligi „Simple Networking Solutions“ MChJ uchun birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda „Muloqot. Uz“ aʼzolarning parol va mobil telefon raqamlarini shifrlaydi. Yaqin vaqt ichida SSL-bogʻlanishni joriy etish va EV SSL-sertifikatni qoʻlga kiritish rejalashtirilgan.

Faoliyatni toʻxtatish haqida tahrir

2018-yil 30-may kuni foydalanuvchilarga sayt administratsiyasi tomonidan sayt 3.06.2018 sanasidan faoliyatini toʻxtatishi borasida xabar berildi[1].

Manbalar tahrir

  1. „«Muloqot.uz»ning «umri» tugadimi?“ (uz-UZ). xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 3-fevral.