Murodxon (? — 1845) — Qoʻqon xoni (1845), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub. Olimxonning oʻgʻli. Isfara hokimi Sotiboldi dodxoh Qoʻqon xoni Sheralixonga qarshi fitna uyushtiradi, bu ishga Murodxon ham tortiladi. Ular Musulmonqul mingboshi qirgʻizlar isyonini bostirish uchun ketganidan foydalanib xonni asirga oladilar va Murodxonni xon deb eʼlon qiladilar. 3 kundan soʻng Sheralixon oʻldirilgan, saroyi talanib, oʻgʻillari qamoqqa olingan. Qoʻqon aholisi taxt oʻzgarishidan norozi edi, buning ustiga yangi xon oʻzini Buxoro amirining noibi deb eʼlon qilgan. Musulmonqul bu voqeadan xabardor boʻlib oʻz qabiladoshlari boʻlgan qipchoqlarni toʻplab, Murodxonga qarshi hujum qildi. Ular Namangan begi Xudoyorxonni oʻzlari bilan olib kelishadi. Qipchoqlar uni oq kigizga oʻtqazib xon qilib koʻtaradilar. Musulmonqul qoʻshini Murodxonning qirgʻizlardan iborat unchalik katta boʻlmagan qoʻshinini tezlik bilan yengib, oʻrdasini egallab oladi va atigi 7 kun xon boʻlgan Murodxon qatl etiladi.

Adabiyot tahrir

  • Nalivkin V. P., Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva, Kazan, 1886; Nabiyev R. N., Feodalnoye xozyaystvo Xudoyar-xana, T., 1972.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil