Mushuklar yoki uy mushuklari (Felis Silvestris Catus) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar urugʻi. Oldin uy mushugini alohida tur sifatida ham qarashgan. Boʻyi dumgʻaza qismida yagʻriniga nisbatan baland. Tirnoqlari toʻliq tortiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerikada tarqalgan; 30 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turi (silovsin, qoraquloq, toʻqay mushugi, manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) bor. Kuyikish davrida erkaklari baland ovoz bilan miyovlaydi va bir-biri bilan urishadi. Yiliga 2 marta 1—7 tadan bolalaydi. Yangi tugʻilgan bolasining koʻzi yumuqboʻladi. Mushuk bolasini 2-2,5 oygacha sut bilan boqadi. Keyin turli oʻljalar keltirib bera boshlaydi. M.ning koʻpchilik turlari mayda sut emizuvchilar (kemiruvchilar) va qushlar bilan, Sumatra M. i oʻsimliklar mevasi, baliqchi M., asosan, baliq bilan oziqlanadi. Ayrim turlarining (mas, silovsin) moʻynasi qimmatbaho. Liviya M.i kenja turi barcha xonaki M.ning nayel boshi hisoblanadi. Xonaki M. kemiruvchilarni qirib, foyda keltirsa, qushlarni yeb zarar keltiradi. 10 000 yil ichida mushuklar kemiruvchilarga ov qilganligi sababli odam tomonidan qadrlangan. 7 turi va 4 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga, Oʻzbekistonda uchraydigan barcha turlari ham Qizil kitobga kiritilgan (yana qarang Xonaki mushuklar).[1] 1958-yil „Tabiat sistemasi“ asarida Karl Linney tomonidan uy mushugiga Felis catus nomi berilgan. Iogan Xristian fon Friber 1775-yilda yovvoyi mushukka Felis silvestris nomini berdi. Uy mushugiga Felis silvestris catus nomini biriktirish 2003-yilning mart oyida Zoologik nomenklatura boʻyicha xalqaro komissiya tomonidan qabul qilingan. Mushuklarni xonakilashtirish bundan 9500-yil oldin Yaqin Sharqning Serhosil Yarimoy tumanida roʻy bergan.

Mushuk
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonot
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Carnivora
Oila: Felidae
Urugʻ: Felis
Tur: F. silvestris
Trinomial nomi
Felis silvestris catus
Schreber, 1775

1. Rivojlanish nuqtai nazaridan mushuk hayotining birinchi yili inson hayotining dastlabki 15 yiliga toʻgʻri keladi. 2. Mushuklar quloqlarini 180 darajaga aylantirishi mumkin. 3. Oʻrtacha mushukning eshitish darajasi insonlarnikiga qaraganda kamida besh baravar yuqori. 4. Zotdor mushuklar orasida erkak mushuklarning oʻrtacha vazni 20 funtni tashkil qiladi. 5. Uy mushuklari kunning 70 foizini uxlash bilan oʻtkazishadi. 6. Mushuk toʻgʻridan-toʻgʻri burnining ostini koʻrolmaydi. 7. Koʻpchilik mushuklarning kipriklari yoʻq. 8. Baʼzilar oq rangdagi mushuk omad olib kelishiga ishonishadi. 9. Mushuklarning miyovlashi bu ularning tili emas — ular bu ovozni odamlar bilan aloqa qilish uchun chiqaradilar. 10. Ginnes rekordlar kitobiga koʻra eng uzoq umr koʻrgan mushuk Texasning Ostin shtatida yashagan marhum Creme Puffga tegishli boʻlib, u 38 yil-u 3 kun umr koʻrgan.

11. Oʻrtacha mushuk bitta oyoq bilan 8 fut uzunlikka sakrashi mumkin — bu tanasining uzunligidan qariyb olti marta koʻp. 12. Mushuklar yaxshi hid bilish qobiliyatiga ega boʻlib, ular odamlarni va narsalarni aniqlash uchun undan foydalanadilar, hayratlanarlisi, ularning bu qobiliyati odamnikidan 14 baravar yaxshiroq. 13. Mushuklarning 3 ta qovogʻi bor.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



 
Sofi laqabli Scotish fold zotiga mansub mushuk

.