Muslima Ulugʻbek qizi Odilova (tugʻ. 1998-yil 20-iyun, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek suzuvchisi-paralimpiyachi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Muslima Odilova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 20-iyun 1998-yil (1998-06-20) (25 yosh)
Andijon viloyati
Sport
Qaysi sport suzish
Murabbiy(lar)i Nodirbek Abdullayev

Biografiya tahrir

Muslima Odilova 20-iyun 1998-yil Andijon viloyatida tugʻilgan.U Andijon davlat universitetini tamomlagan[1].

Martaba tahrir

Sakkiz yoshida Muslima Andijonda suzish bilan shugʻullanishni boshlagan.

2016-yilda u Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 metr batterfly suzishda S13 toifasida va 50 metr suzishda ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi.[2] Xuddi shu o'yinlarda 100 metr masofaga suzishni muvaffaqiyatsiz yakunladi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan Muslimaga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ unvoni berildi[3].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 metr masofaga batterfly suzish bilan uchinchi qizishda faqat toʻrtinchi oʻrinni egalladi va musobaqaning final qismiga chiqa olmadi[4][5].

Manbalar tahrir