Mustay Karim (boshqirdcha: Мостай Кәрим, asl ismi Mustafo Safo oʻgʻli Karimov, boshqirdcha: Мостафа Сафа улы Кәримов) (1919.20.10 — 2005.21.09) — boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963).

Mustay Karim
Asl ismi Мостай Кәрим
Tavalludi 20-oktyabr 1919-yil
Klyashevo qishlogʻi, Safarov volosti, Ufa uyezdi, RSFSR
Vafoti 21-sentyabr 2005-yil(2005-09-21)
(85 yoshda)
Ufa, Boshqirdiston, Rossiya Federatsiyasi
Kasbi 1930-2005
Ijod qilgan tillari Boshqird tili, Rus tili va Tatar tili
Fuqaroligi SSSR SSSRRossiya Rossiya
Yoʻnalish Sotsialistik realizm
Janr nazm, poema, pyesa, povest
Mukofotlari

Lenin mukofoti-1984SSSR Davlat mukofoti-1972K.S.Stanislavskiy nomidagi RSFSR Davlat mukofoti-1967"Oʻroq va bolgʻa" medali-1979 II darajali Vatan oldidagi xizmatlari uchun ordeni-2004 III darajali Vatan oldidagi xizmatlari uchun ordeni-1995

I darajali Ulugʻ Vatan urushi ordeni II darajali Ulugʻ Vatan urushi ordeni-1945

Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni Xalqlar Doʻstligi ordeni

"Iftixor belgisi" ordeni Yuksak xizmatlari uchun medal 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan Gʻalaba medali 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushi Gʻalabasining 20 yilligi medali

1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushi Gʻalabasining 40 yilligi medali 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushi Gʻalabasining 50 yilligi medali 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushi Gʻalabasining 60 yilligi medali "Budapeshtning olinganligi uchun" medal

"Belgradning ozod qilinishi uchun" medal "Mehnat Faxriysi" medali SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi medali SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi medali

SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi medali Jukov Medali

Boshqirdiston pedagogika insitutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. „Bahor sadolari“ (1940), „Mening tulporim“ (1943), „Sheʼrlar“ (1944), „Qaytish“ (1947), „Tanlangan asarlar“, „Yevropa—Osiyo“ (1954) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi.

Mustay Karimning „Toʻy davom etadi“ (1947), „Yolgʻiz qayin“ (1950), „Qiz o’gʻirlash“ (1959), „Aytilmagan qoʻshiq“ (1961), „Oy tutilgan tunda“ (1964), „Oygul vatani“ (1969) kabi pyesalari zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan boʻlib, ularda boshqird xalqining turmush tarzi o’z ifodasini topgan.

„Uzundan-uzoq bolalik“ (1974—78) avtobiografik qissasi va „Olovni tashlama, Prometey“ (1976) tragediyasi bor. Alisher Navoiy, Oybek, Hamid Olimjon, Zulfiya haqida bir qancha maqolalar yozgan. „Oy tutilgan tunda“ asari Zulfiya tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib (1972), Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Adabiyot tahrir

  • Oilamiz quvonchi, T., 1956; Qirgʻoqlar, Sheʼrlar, T., 1970.