Muvang [asl ismi Jiman, Mutyanzi ("Tangri farzandi My") deb ham ataladi! (? — miloddan avvalgi 947) — qad. Xitoydagi Gʻarbiy Chjou xonligi (miloddan avvalgi 11-asr777 y.)ning 5-hokimi (mil. av. 1001—947 yillar), sayyoq. Pomir va Kunlun togʻlaridan chiqadigan nefrit toshini izlab Gʻarbga safar qilgan. M. hamroxlari bilan Chingxay oʻlkasi (Tibet togʻlarining yuqori qismi) orqali Tarim vohasiga kelgan. U yerda Oqqosh (Bayyuyxe) va Qoraqosh (Xeyyuyaxe) daryolaridan oʻtib Pomirga yetib borgan. Mahalliy hokimlar M.ga Xoʻtanning nefrit toshlaridan yasalgan buyumlarni sovgʻa qilishgan. Pomir orqali gʻarb tomon yurib Toshqoʻrgʻonda toʻxtagan. Keyin Syunchi koʻliga yetib borgan. Bu yerdan M. ancha yoʻl yurib Si-vangmu davlatiga kelgan, soʻngra shim.-gʻarbga burilib safarini davom ettirgan. M. Qirshziston yaylovlari orqali yurtiga qaytgan. Agar M. yashagan davr hisobga olinsa, uning gʻarb safari bundan 3 ming yil muqaddam Oʻzbekiston Xitoy oraligʻidagi Buyuk ipak yoʻli orqali amalga oshganligi maʼlum boʻladi. Bu ushbu yoʻlning undan ham odsin mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.

Abdulahad Xoʻjayev.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil