Muvozanatlagich, balansir — 1) mashinalarda harakatni uzatuvchi va oʻq oldida tebranma harakat qiluvchi ikki yelkali (baʼzan bir yelkali) richag. Lokomotiv (parovoz, teplovoz) lar va vagonlarda ressoralarga uzatiladigan kuchlarni muvozanatlash uchun xizmat qiladi. M. kemalardagi nasoslar, metall kesish stanoklarida, burgʻilash qurilmalari va boshqalarda qoʻllanadi (qarang Muvozanatlash)h 2) soat mexanizmida mayatnikning oʻrnini bosuvchi asosiy rostlagich (qarang Balansir, Soat).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil