Ikromov Muzrob Muborakxojiyevich (oʻzbekcha: Икрамов Музраф Мубаракходжаевич) — oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi. 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri[1], 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Hisob palatasi raisi.

Ikromov Muzrob Muborakxojiyevich
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Hisob palatasi raisi
Mansab davri
2017-yil – 2019-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Olimxon Rustamov
Vorisi Saidlaziz Saidkarimov
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаziri
Mansab davri
2015-yil – 2017-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Vorisi Ruslanbek Davletov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-sentyabr 1973-yil (1973-09-14) (50 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Hayoti tahrir

1973-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy, huquqshunos.

1995-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2007-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

1995-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi.

1997-2003 — Adliya vazirligi idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi, Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi.

2003-2008 — Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi — vazirlik huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi rahbari.

2008-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi huquqiy ekspertiza boʻlimi mudiri.

2012-2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish boʻyicha shoʻba mudiri.

2013-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.

2015-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.

2017-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi.

2019-2020 — Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi.

2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari[2].

Mukofotlari tahrir

2007-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan[3].

2014-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist unvoni bilan taqdirlangan[4].

Manbalar tahrir