Mvanza — Tanzaniyadagi shahar, Viktoriya koʻli sohilida. Mvanza viloyatining maʼmuriy markazi. Axoliyey 223 ming kishidan ziyod. Savdo-transport tuguni va qishloq xoʻjaligi (paxta, tamaki, kofe, qoramol) hamda konchilik (oltin) rayonining sanoat markazi. Mvanza orqali Dorussalom shahri va Tanganika koʻli sohilidagi Kigoma porti bilan bogʻlangan. Toʻqimachilik, oziqovqat (un tortish), koʻn-poyabzal sanoati korxonalari, konteyner, qurilish materiallari, oyna, qishloq xoʻjaligi va irrigatsiya jihozlari va boshqa ishlab chiqaruvchi zavodlar mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil