Namangan muhandislik-pedagogika instituti

Namangan muxandislik pedagogika instituti - muhandis-pedagoglar, muhandislar, iqtisodchipedagog va iqtisodchilar tayyorlay-digan oliy oʻquv yurti. Sanoat, transport, qurilish, mashinasozlik, oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, axborotlar texnologiyasi, elektroenergetika, menejment, buxgalteriya hisobi va audit qamda moliya yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Toshkent politexnika institutining Namangan filiali negizida Namangan sanoat-texnologiya instituti nomi bilan tashkil etilgan (1991). 1998-yildan hozirgi nomda. Institut kasb-hunar kollejlari uchun muhandis-pedagoglar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Institut tarkibida 7 fakultet (mexanika, mashinasozlik, texnologiya, qurilish, informatika, iqtisodiyot, malaka oshirish), 27 kafedra, tadbirkorlik va biznes maktabi, akademik litsey, axborot texnologiyalari va masofaviy taʼlim boʻlimi, sport-sogʻlomlashtirish majmualari hamda bir qancha kasb va til oʻrgatuvchi kurslar faoliyat koʻrsatadi. Institutda bakalavriatning 17 taʼlim yoʻnalishi va magistraturaning 11 mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Institut olimlari dolzarb yoʻnalishlarda, jumladan, oziq-ovqat resurslarini rivojlantirish, yangi qurilish materiallari yaratish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, xalq xoʻjaligida quyosh energiyasidan foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish kabi mavzularda nazariy va amaliy ahamiyatga molik ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boradi. Bir qancha ilmiy ishlan-malar ishlab chiqarish ga joriy etilgan.

Institutda 230 dan ortiq professor-oʻqituvchi, jumladan, 15 fan doktori, professor, 110 dan ortiq fan nomzodi, dotsentlar ishlaydi (2003). Institutda aspirantura, magistratura, oʻquv-ilmiy kutubxona (PO mingdan ortiq asar) mavjud. Institut bir kator rivojlangan xorijiy mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Gollandiya, Ja-nubiy Koreya, Fransiya) bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatgan. Institut tashkil topgandan beri 10 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlandi. Institutda 2002/2003 oʻquv yilida 4100 talaba taʼlim oldi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil