Naml surasi (arabcha: سورة النمل, nomining maʼnosi — Chumoli[9][10]) — Qurʼonning 27-surasi. Makkiy suralardan biri, 93 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 377–385[11]-sahifasida va 19-20-juzida joylashgan. 48-boʻlib nozil boʻlgan.

Qasos    27–sura   Shuaro
Naml surasi — سورة النمل
Qurʼon nusxalaridan biridagi Naml surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 93, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 27, qora rangda - Naml surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 48, 3. Rukuʼsi soni - 7; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:27, 3. Nozil boʻlish tartibi:48, 4. Rukuʼsi:7, 5. Oyati:93, 6. Porasi (Juzi):19-20 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Chumoli[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 377–385[4]
Juz 19-20
Sura raqami 27
Oyatlar soni 93
Sajda oyati 26-oyat[5]
Rukuʼlar soni 7[6]
Muqattaot harflari To, sin.[7]
Nozil boʻlish tartibi 48[8]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Qasos surasi  Keyingisi 27 Oldingisi  Shuaro surasi
Nozil boʻlish tartibi
Qasos surasi   Keyingisi 48 Oldingisi  Shuaro surasi
                                   

Asosiy mavzusi tahrir

Ushbu surada paygʻambarlardan Muso, Solih, Lut alayhis-salomlarning qissalari zikr qilinadi va, xususan, Dovud va Sulaymon paygʻambarlar haqida bir qadar batafsil toʻxtalib, Sulaymon alayhis-salom Alloh taoloning paygʻambari boʻlish bilan birga yana jamiyki insu-jin va parrandayu-darranda olamiga podshoh qilingani toʻgʻrisida hikoya qilinadi hamda u zot bilan Sabaʼ mamlakatining Malikasi Bilqis oʻrtasida boʻlib oʻtgan voqealar ham tasvirlanadi.

Yana bu surada Qurʼondagi pand-nasihat, ibrat-eslatmalardan faqat koʻzi ochiq kishilargina foydalanishlari mumkinligi ayricha taʼkidlab oʻtiladi.

Shuningdek, qiyomat qoyim boʻlishi oldidan yer yuziga chiqadigan jonivor haqidagi xabar hamda moʻmin va kofirlarning qiyomat kunidagi ahvoli xususidagi ibratli oyatlar ham shu suradan joy olgandir.

Surada Alloh taoloning eng zaif va zahmatkash maxluqlaridan biri boʻlgan chumoli haqida ham zikr qilingani sababli uni «Naml — Chumoli» surasi deb atalgandir.

Manbalar tahrir

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
  6. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  7. Qurʼondan koʻrilgan.
  8. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  9. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  10. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  11. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Qasos surasi   27-sura — arabcha matni Oldingisi: Shuaro surasi