Nargis, narsiss (Narcissus L.) — chuchmomadoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi. Piyozboshi kup yillik. Bargi nashtarsimon. Guli, odatda, sariq yoki oq, yakka yoki gulband uchida bir nechtadan joylashgan. Gulkoʻrgʻoni silindrsimon nayli, qoʻngʻiroqsimon yoki ko-sachasimon tojli. Mevasi etli koʻsakcha. Koʻpincha, Oʻrta dengiz rayonlarida usa-digan 30 ga yaqin (boshqa maʼlumotga koʻra 60 tacha) turi bor. Oʻzbekistonda 2 ta turi uchraydi: N. pseudonarcissus L. — soxta yoki sariq N., gulqoʻrgʻon barglari oq. Bachki (soxta) toji sariq, chin tojbarglariga nisbatan ancha qisqa. N. poeticus L. — nafis yoki oq N. Har ikkala turi koʻp yillik, piyozli, manzarali usimlik hisoblanib, aprel oyida gullaydi. Baʼzi turlarining gullarida xushboʻy efir moyi, piyozboshida alkaloidlar mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil