Naslchilik — qishloq xoʻjaligi hayvonlari zotlarini takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy-zootexnik tadbirlar majmui. Insoniyat hayvonlarni xona-kilashtirgan davrlardan beri davom etib keladi. N.ning asosiy vazifasi mavjud qishloq xoʻjaligi hayvonlari, parrandalari, asalari, baliklar va ipak qurti zotlarini muttasil takomillashtirish, mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatlarini yaxshilash, yangi tiplar, zot guruhlari, liniyalari, oilalari, zotlari, krosslari, partenoklonlarini yaratishdan iborat.

N. ishlari N. zavodlari, N. xoʻjaliklari, N. fermalari va oddiy xoʻjaliklarda olib boriladi. N. ishida qoʻlla-niladigan asosiy usul urchitish uchun eng yaxshi erkak va urgʻochi hayvonlarni tanlash va ularni saralash (juftlash)dir. Oʻzbekistonda "Naslelita" il-miy-ishlab chiqarish birlashmasi qoramol, noqorakoʻl qoʻylar, yilqi, echki, asalari; Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi instituti va "Oʻzbek qorakoʻli" kompaniyasi qorakoʻl qoʻylari va tuya (bir oʻrkachli yoki ikki oʻrkachli)lar; "Oʻzbaliq" kor-poratsiyasi va Akvakultura ilmiy tadqiqot instituti baliq zotining zogʻora baliq, oʻtxoʻr baliklarning zotlari boʻlgan karp, doʻng peshona, oq amur; "Oʻzbek ipagi" uyush-masi va Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti 20 tadan ziyod ipak qurti zotlari, Oʻzbekiston parrandachilik ilmiy markazi parranda zotlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy tajribalar hamda N. ishlarini olib boradi. "Naslxizmat" respublika naslchilik uyushmasi N. ishlari boʻyicha barcha xizmatlarni muvofiqlashtiradi. Davlat naslchilik korxonasi xoʻjaliklardagi qoramol zotlarini takomillashtirishda qatnasha-di va ularni eng yaxshi mahsuldor bu-qalar avlodlarining sifat boʻyicha ba-holangan urugʻlari bilan taʼminlaydi.

Respublikada N. ishlariga Qishloq va suv xoʻjligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi N. ishlariga oid har qanday munosabatlar 1995-yil 21 dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Naslchilik toʻgʻrisida" qonuni bilan tartibga solinadi.

Izatulla Eshmatov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil