Nasx (uslub)

arab yozuvidagi uslub

Nasxxattotlik uslubi, arab yozuvidagi mumtoz xat uslublaridan biri. 10-asrda kufiy yozuvi zaminida yaratilgan, ixtirochisi Ibn Muqla. Kufiy yozuvini kitobat sanʼatidan butunlay siqib chiqargani uchun shu nom bilan atalgan (N. soʻzi "oʻchirish", "bekor qilish" degan maʼnoni anglatadi). Harflarning 4/6 qismi egri va 2/6 qismi toʻgʻri chiziklar asosida yoziladi. Mumtoz xat uslublarida boʻlganidek bu xat uslubida "alif" (I), "dol" (j) va "lom" (j) harflarining turrasi yoʻq, "to" (i) va baʼzan "lom" harfida agar undan keyin "jim" (Ye), "mim" (f), "xr" harflari kelsa, turra boʻladi; "ho" harfi (j.) *. koʻrinishida yoziladi. Asosan qurʼon, hadis, tafsir koʻchirishda qoʻllanilgan, keyinchalik ilmiy va badiiy asarlar ham shu yozuvda bitilgan. Turli xat uslublari ixtiro qilinganiga qaramay, N. xati bugungi kunda ham turli mamlakatlar matbuotida keng qoʻllanilmoqda.[1]

Nasx uslubida yozilgan qoʻlyozma

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil