Nazar Matkarimovich Matchonov (1.1.1923 — 30.7.2010) — Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1970—1978)[2].

Nazar Matkarimovich Matchonov
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi
Mansab davri
28-dekabr 1970-yil – 1978-yilgacha
Oʻtmishdoshi Yodgor Nasriddinova
Vorisi Inomjon Usmonxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1923-yil
Xiva, Xorazm[1].
Vafoti 30-iyul 2010-yil(2010-07-30)
(87 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Tarjimai hol tahrir

Hunarmand oilasida tugʻilgan.

Taʼlim tahrir

1949-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Veterinariya fanlari doktori (1969), professor (1971).

Mehnat faoliyati tahrir

1949-1959 yillarda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh veterinariya vrachi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi veterinariya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi veterinariya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1959—1960-yillarda Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, 1960—1961-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, 1961-yilda Buxoro viloyat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1961-1962 yillar-Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, 1965—1970-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti kotibi, 19701978-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, 1966—1978-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti byurosining aʼzosi. SSSR Oliy Kengashi 7-8 chaqiriq deputati vazifalarida ishlagan. 1978-yil dekabrdan nafaqaga chiqqan.
1978—1989-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti direktori, 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti gelmintologiya laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi kabi ilmiy vazifalarda ham ishlagan.

Manbalar tahrir

  1. [1]
  2. Государственная власть СССР. Высшие органы власти и управления и их руководители. 1923—1991 гг., 28–aprel 2017–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 13–sentabr 2017–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()