Nazran — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1967-yildan), Ingushiya Respublikasi poytaxti. Rostov-Don—Boku temir yoʻl liniyasi yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi, Grozniy shahridan 91 km gʻarbda joylashgan. Aholisi 76,4 ming kishi (1998). Elektr asboblar, un zavodlari, trikotaj fabrikasi bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil