Neftekamsk — Rossiya Federatsiyasi Boshqirdistondagi shahar (1963-yildan). Kama daryosi boʻyida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 117 ming kishi (1998). Neft qazib olina-di (Arlan neft koni). Avtosamosval, "Bashselxozmash", temirbeton buyumlar, sut va pivo zavodlari, goʻsht, sunʼiy koʻn kombinatlari bor, oʻrmon va oʻrmon kimyosi sanoatlari rivojlangan. Neft texnikumi, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. N. Arlan neft konining oʻzlashtirilishi munosabati bilan vujudga kelgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil