Nemertinalar (Nemertini) - deyarli barcha turlari dengizlarda yashay-digan umurtqasiz hayvonlar tipi. Gav-dasi bilaterial simmetriyali, chuvalchangsimon, kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Tana boʻshligʻi boʻlmaydi; ichki organlari oraligʻi parenximadan iborat. Tanasi yassi. Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan, tutash. Nafas sistemasi yoʻq. Nerv sistemasi bosh miya va 3 ta boʻylama nerv poyasidan iborat. Boshining oldingi uchida hartumchasi bor. Hartumcha ogʻiz yonidagi maxsus chuqurchaga tortib olinishi mumkin. Ovqat hazm qilish sistemasi ogʻiz teshigidan boshlanib, anal teshigi bilan tugaydi. Ayrim jinsli, tuxum qoʻyib koʻpayadi. Tuxumdan pilidiy lichinkasi chiqadi. Jinssiz fragmentatsiya yoʻli bilan ham koʻpayishi mumkin. Deyarli barcha N. yirtqich; boʻgʻimoyoklilar, mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi. Ayrim vakillari parazit yoki kommensal. Bu tipga bitta — ne-mertinalar sinfi kiradi. 800 ga yaqin turi maʼlum. 30 turi chuchuk suvlarda va 10 turi quruk/shkda tarqalgan. Uzunligi 0,5 mm dan 30 metrgacha va undan ham koʻproq (60 m gacha). Kengligi 9 mm gacha.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil