Neon lampa — elektr razryadining past bosimli neon gazida nurlanishiga asoslangan gaz-razryadli yorugʻlik manbai. Neon lampa 2 elektrod (anod va qiedirilmaydigan, shisha ballonga kavsharlangan katod)dan iborat boʻlib, ballon ichiga neon (Ne) yoki neon gazining geliy yoki argon gazlari bilan aralashmasi tuldiriladi. Bu turda Neon lampada gaz bosimi 25 —40 GPa ga yaqin boʻladi. Odatda, argon gazi razryadi yondiruvchi kuchlanishni kamaytirish uchun kiritiladi. Ammo bu holda shuʼlaning yorqinligi ham pa-sayadi. Neon lampa yorugʻligi binafshaqizil ran-gda koʻrinadi. Yorugʻlikning boshqa ranglarda (sariq, koʻk, yashil va boshqalar) boʻlishi uchun ballonning ichki devoriga lyumi-noforlar yopishtiriladi.

Neon lampa oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tokda ishlaydi. Faqat u tok kuchini 0,20—30 mA gacha tushirib chegaralab beradigan toʻgʻrilagich rezistorlar bilan ketma-ket ulanib elektr zanjiriga qoʻshiladi. Neon lampada elektr razryad yonishi uchun kuchlanish 60—150 V, quvvati 0,01—3 Vt, shuʼla yorqinligi 50—600 kJ/m2 boʻlishi kerak. Neon lampalardan signalizatsiya va yoritish tizimlarida, nazorat-oʻlchov apparatlarida, shuningdek, tasvirni maʼlum masofada turib qabul qiluvchi va uzatuvchi asboblar (televideniye) da keng foydalaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil