Nerv oxirlari, terminallar — nerv hujayralarining oʻsiqchalari (aksonlar) oxiridagi tuzilma; oʻsik, chalarning toʻqimalar, muskullar, bezlar, qon tomir devorlari yoki boshqa bir neyronga kelib tutashish — sinaptik kontakt hosil qilish joyi; taʼsirotni qabul qilish va uzatish vazi-fasini bajaradi. Sezuvchan yoki retseptor Nerv oxirlari — retseptorlar va effektor nerv oxirlari ajratiladi. Retseptorlar organizmdagi hamma aʼzo va toʻqimalarda boʻlib, tashqi yoki ichki muhit taʼsirotlarini qabul qiladi. Effektor Nerv oxirlari qoʻzgʻalishni nerv tolalaridan, shu tolalar boradigan tuqimaga, shuningdek, bosh-qa nerv hujayralariga oʻtkazib beradi. Nerv oxirlari funksiyasiga, kontakt hosil qilish muhitiga qarab tugmachasimon, halqasimon, plastinkasimon, tugunsimon boʻlishi mumkin.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil