Nevar tili, nevari — tibetbirma tillarinit sharqiy himolay guruhchasiga mansub til. Baʼzi jihatlari bilan ayrim turkiy, moʻgʻul va man-jur tillariga yaqin turadi. Nepalda, asosan nevarlar yashaydigan Katmandu vodiysida, shuningdek, qisman Hin-diston va Butanda tarqalgan. Unda 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. Nevar tili 4 ta lahjaga ega: ularning 3 tasi Nepalning markaziy qismidagi Katmandu, Bhak-tapur, Lalitpur shaharlarida va toʻrtinchisi Nepalning sharqiy qismida tar-qalgan. Fonetikasi uchun boʻgʻiz undoshlari, burunlashgan unlilar xos. Morfologik tuzilishi agglyutinativ, oʻzak va affiksal morfemalari asosan bir boʻgʻinlidir. Feʼllar 5 xil tuslanish shakliga ega. Lugʻat boyligining 75 fo-izi nevarcha; sanskrit va tibet tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina. Nevar tili 14—18-asrlarda Nepalning ras-miy tili boʻlgan, birok, 18-asr oxirida ham rasmiy, ham adabiy doirada uning oʻrnini nepal tili egallagan. 20-asrda soʻzlashuv shakllaridan, asosan, Katmandu laxjasi asosida adabiy Nevar tili kay-ta tirila boshladi. Nevar yozuvi 9-asrda brahmi asosida shakllangan, xrzirgacha cheklangan holda amalda. Hozirgi Nevar tili 18-asr oxiridan devanagari yozuvidan foydalanib keladi.[1]

Nevar tili
Milliy nomi नेपाल भाषा
Nēpāl bhāṣā
Mamlakatlar    Nepal
Rasmiylik holati    Nepal
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 846 000 (2011)
Tartiblovchi tashkilot Nepal Bhasa Academy
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiya tillari
Til oilasi

Sino-Tibet tillari

Tibet-Birma tillari
Nevar tarmogʻi
Alifbosi Devanagari
Til kodlari
ISO 639-1 new
ISO 639-2 new
ISO 639-3 new

Nevar tili yoki Nepal Bhasha (नेपाल भाषा, Nēpāl bhāṣā) Nepalda amalda boʻlgan eng yirik tillardan biridir. XIV asrdan beri rasmiy-idoraviy til sifatida ishlatilib kelingan. Nevar tili Nepal va Katmanduda istiqomat qiluvchi nevar xalqining ona tilidir. Nevarchada 800 mingdan oshiq kishi gaplashadi.

Nepaldan tashqarida nevarcha Hindistonning Sikkim shtatida 11 rasmiy tildan biri sifatida belgilangan.[2]

Nevar tili Tibet-Birma tillariga kiradi.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „A Report, Home Department, Government of Sikkim, Gangtok“. 2012-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2011-yil. Page 12.
 
Vikipediya logotipi

Vikipediya nevar tilida
boʻlimga ega:
«मू पौ»