Nijniy Novgorod (1932-90 yillarda Gorkiy) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Nijniy Novgorod viloyati markazi. Oka daryosining Volgaga quyilish joyida. Yirik daryo porti, temir yoʻl tuguni. Aholisi 1367,6 ming kishi (1998). Mashinasozlik va metallsozlikning (avtomobilsozlik, stanoksozlik, "Metallist" va boshqa ishlab chiqarish birlashmalari, "Krasnoye Sormovo", dizelsozlik, aviasozlik, aloqa apparaturasi, televizor va boshqa zavodlar) yirik markazi. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, kimyo-farmatsevtika, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. 1985-yildan metropoliten ishlab turibdi. 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 5 teatr, badiiy, Maksim Gorkiy, Nikolay Dobrolyubov muzeylari, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona bor. Shaharga 1221-yilda asos solingan. 1341—92 yillarda Nijniy Novgorod Suzdal knyazligining poytaxti. 1611—12 yillarda Nijniy Novgorodda Kuzma Minin va knyaz Dmitriy Pojarskiyning xalq lashkari tuzilgan. Nijniy Novgorod 1719-yildan gubernya markazi. 19—20-asr boshlarida Nijniy Novgorod ulgurji bugʻdoy savdosining muhim savdo-moliya markazi. Shaharda podsho Rossiyasi davridan deyarli har yili yarmarka oʻtkazilib kelinmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Kreml (16—17-asrlar), Blagoveshchensk monastiri (17-asr), Pechyora monastiri (17-asr), Smolenskaya (17-asr oxiri) va Rojdestvenskaya cherkovlari saqlangan.[3]

Nijniy Novgorod

ruscha: Нижний Новгород
Federal okrugning ma'muriy markazi
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
55°45′21″N 37°37′04″E / 55.75583°N 37.61778°E / 55.75583; 37.61778 G OKoordinatalari: 55°45′21″N 37°37′04″E / 55.75583°N 37.61778°E / 55.75583; 37.61778 G O
Mamlakat Rossiya
Hukumat
 • Mer Yuriy Shalabaev
Asos solingan 1221
Ilk eslatilishi 1221
Maydon 4,665[1] km2 (1,801 mi²)
Markazi balandligi 200 m
Rasmiy til(lar)i ruscha
Aholisi
 (2017)
1 269 324
Zichligi 3084,81 kishi/km2
Milliy tarkib ruslar 93,93
tatarlar 1,33%
mordvalar 0,58%
ukrainlar 0,53%[2]
Konfessiyaviy tarkib Xristianlar, Musulmonlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +7 831
Pochta indeks(lar)i 603000—603999
Avtomobil kodi 52, 152
Nijniy Novgorod xaritada
Nijniy Novgorod
Nijniy Novgorod

Manbalar tahrir

  1. Генеральный план города Нижнего Новгорода. Пояснительная записка, 2016-03-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-01-11
  2. „Всероссийская перепись населения 2010 года“. Росстат. 2020-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil