Nikolay Nikolayevich Bloxin (1912. 21.4 (4.5), Nijniy Novgorod gubernyasi Lukoyanov shahri — 1993.16.5) — xirurgonkolog, akademik. (1979), Tibbiyot Fanlar akademiyasi akademik (1960) va prezidenta (1960—68; 1977— 87), 1952-yildan oʻzi tashkil etgan Tibbiyot Fanlar akademiyasi eksperimental va klinik onkologiya instituti direktori; onkologiya ilmiy markazi direktori (1975-yildan). Ilmiy ishlari toʻgʻri ichak va meʼda rakini plastik operatsiya qilish va jarrohlik yoʻli bilan davolash usullariga bagʻishlangan. Xalqaro rakka qarshi uyushma prezidenti (1966-yildan), shu uyushmaning faxriy prezidenti (1970-yildan).[1]

Manbalar tahrir

  1. "Bloxin Nikolay Nikolayevich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil