Nikopol jangi — Bolgariyaning Nikopol shahri yaqinidagi jang (1396.25.9). Sultan Boyazid boshchiligidagi turk armiyasi (taxminan 200 ming askar) bilan venger qiroli Sigizmund qoʻmondonligidagi salibchilar qoʻshini (taxminan 70 ming askar; fransuzlar, italyanlar, inglizlar, ispanlar, chexlar va boshqalar) oʻrtasida boʻlgan. Salibchilarning magʻlubiyati bilan tugagan. Bu gʻalaba natijasida Turkiya Bolqon yarim oroldagi hukmronlik mavqeini mustahkamlab olgan[1].

24 ta davlat ittifoqidan iborat Sigizmund boshchiligidagi venger otliq qoʻshinlari 1396-yil Nikopol jangida Usmonli imperiyasiga magʻlub boʻldi. Oz sonli Bolqon ittifoqi qoʻshini daryodan kechib oʻtib, jang maydonini tark etishdi. Bu gʻalabadan soʻng Boyazid Yildirim I bevosita butun Yevropaga tahdid sola boshladi. Uning keyingi maqsadi Sharqiy Rim Imperiyasining poytaxti Konstantinopolni egallash edi[manba kerak].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil