Nil— koʻk boʻyoq modda. Mol. m. 262,27, 390—392° da suyuqlanib parchalanadi. Suv va spirtda erimaydi, anilinda eriydi. N. juda qadimdan maʼlum. N.li oʻsimliklar (indigofera va boshqalar)dan, sanoatda esa anilin yoki izatinni sintez qilib olinadi. N. qaytarilgandauning leyko-hosilasi — "oq N." hosil boʻladi. N. gazlamalarni boʻyashda ishlatiladi. Uning hosilalari, ayniqsa, tetrabromindigo va analoglari, Mas, tioindigoid boʻyoklar katta ahamiyatga ega.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil