Niso surasi (arabcha: سورة النساء, nomining maʼnosi — Ayollar[8][9]) — Qurʼonning 4-surasi. Madaniy suralardan biri, 176 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 77–106[10]-sahifasida va 4-6-juzida joylashgan. 92-boʻlib nozil boʻlgan. Bu sura uzun suralardan biri hisoblanadi. U musulmonlarning ichki va tashqi ish faoliyatlariga doir shariat ahkomlari bilan toʻla bir suradir. Unda ayol, uy, oila, davlat, jamiyatga aloqador boʻlgan muhim masalalarga javob beriladi hamda birovlarning qaramogʻidagi yetim-yesirlar va ularning haq-huquqlari toʻgʻrisida soʻz boradi. Bu surada shuningdek, meros hukmlari ham batafsil bayon qilindi.

Moida    4–sura   Oli Imron
Niso surasi — سورة النساء
Qurʼon nusxalaridan biridagi Niso surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 176, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 4, qora rangda - Niso surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 92, 3. Rukuʼsi soni - 24; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:4, 3. Nozil boʻlish tartibi:92, 4. Rukuʼsi:24, 5. Oyati:176, 6. Porasi (Juzi):4-6 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Ayollar[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 77–106[4]
Juz 4-6
Sura raqami 4
Oyatlar soni 176
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 24[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Soʻzlar soni 3 712
Harflar soni 15 937
Nozil boʻlish tartibi 92[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Moida surasi  Keyingisi 4 Oldingisi  Oli Imron surasi
Nozil boʻlish tartibi
Zalzala surasi   Keyingisi 92 Oldingisi  Mumtahina surasi
                                   

Bulardan tashqari, er-xotin oʻrtasidagi aloqalar — ularning bir-birlari oldidagi huquq va burchlari hamda er oilada boshliq ekani va bu huquqdan u qanday foydalanishi lozimligi haqida yoʻl-yoʻriqlar beriladi. Soʻngra oila doirasidan jamiyat miqyosiga chiqib, jamiyat mustahkam boʻlishi uchun kishilar oʻrtasida birdamlik va mehr-shafqat, xolislik va bagʻrikenglik barqaror boʻlishi zarurligi oʻziga xos uslubda uqtiriladi. Bu surada boshqalardagiga nisbatan ayollarga oid shariat hukmlari koʻp va batafsil bayon etilganligi sababli unga „Niso“ nomi berilgan.

Manbalar tahrir

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Moida surasi   4-sura — arabcha matni Oldingisi: Oli Imron surasi