Nominalizm - universaliylar masalasida real narsalarning haqiqatan ham mavjudligiga shubha bilan qarovchi yoʻnalish. Ularning fikricha, hech qanday real narsa mavjud emas, faqat ularning nomlarigina mavjud, oʻzlari esa mavjud emas. Nominalizm (lot. nomen — ism, nom) — oʻrta asr sxolastik falsafasidagi yoʻnalish. Realizmga qarama-qarshi ravishda N. olamda faqat yakka narsalar, predmetlar mavjud, umumiy tushunchalar (universaliylar) esa faqat narsalarning nomlaridangina iborat deb, yoki inson aql-idrokida boʻladigan sof tafakkur hosilalari (konseptlar, moʻtadil N.ning "konseptualizm" nomi shundan) deb hisoblaydi. Vakillari: I. Rosselin, Dune Skot, U. Okkam. N. 11 —12-asrlarda paydo boʻldi, ayniqsa, 14—15-asrlarda rivojlandi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil