Norin (shahar)

Qirgʻizistondagi shahar

NorinKirgʻizistonning Norin viloyatidagi shahar (1927-yildan), viloyat markazi. Norin soyligida, Norin daryosi (Sirdaryo havzasi) boʻyida, balandligi 2000 m dan ortiq boʻlgan Olamushuk tizmasi etaklarida; Ribachye temir yoʻl stansiyasidan 180 km janubda. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 44,5 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari).

Kashqardan Chuy vodiysiga oʻtadigan savdo yoʻli ustida istehkom punkti sifatida vujudga kelgan. Mexanika zavodi, tikuvchilik fabrikasi, goʻsht kombinati, pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, Tyanshan musiqali drama teatri bor. Shahar 1867-yilda bunyod etilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil