Norkalar — suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar. Tanasi xipcha, choʻziq, oyoqlari kalta, barmoqlarida suzgich pardalari bor. Yungi kalin, yaltiroq, kulrang tusli. 2 turi bor. Yevropa norkasi Yevropa va jan.-gʻarbiy Sibirda yashaydi. Uzunligi 45 sm gacha, dumi 20 sm gacha. Noyob, yoʻqolib borayotgan tur. Kuril o.da ik/shmlashtirilgan. Amerika norkasi Shimoliy Ame-rikadatarqalgan; uz. 54 sm gacha. Koʻpchilik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbe-kistonda iqlimlashtirilgan; Yevropa norkasini asta-sekin siqib chiqarmoqda. Amerika norkasi oʻrmonlar yaqinidagi muzlamaydigan daryolar, koʻllar va botqoqliklar yaqinida uyada yashaydi. Poligam. Boʻgʻozlik davri 36— 80 kun, 1—9 ta, baʼzan 16 tagacha bola tugʻadi. Laktatsiyasi 2—2,5 oy. Mayda sut emizuvchilar va baliqlar bilan oziqlanadi. N. moʻynasi uchun ovlanadi. Amerika norkasi moʻynachilik fermalarida boqiladi. Seleksiya orqali Amerika norkasining har xil rangli moʻyna beradigan zotlari chikarilgan. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil