Fozilov Nosir (1929.10.6, Qozogʻiston Respublikasining Turkiston tumani) — yozuvchi, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1954). "Gulxan" jur.da masʼul kotib(1955-59), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1959-63; 1975-82), "Sharq yulduzi" jur.da masʼul kotib (1963-75; 1982-84; 1986-92). Birinchi toʻplami — "Irmoq" (1959). "Oqim" (1962), "Robinzonlar" (1964), "Qush qanoti bilan" (1965), "Qorxat" (1968), "Koʻklam qissalari" (1970), "Bolaligim — poshsholigim" (1989), "Bir otar toʻpponcha" (1995), "Shum bolaning nabiralari" (1995), "Toshkentning nosi" (1996) va boshqa asarlar muallifi. Hikoya va qissalari milliy boʻyoqlarining yorqinligi, tilining jozibadorligi, xalq turmushi manzaralarining, ayniqsa, bolalarning ichki dunyosi, oʻykechinmalarining jonli tasviri, koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Asarlarida choʻl tabiatiga xos manzaralar shoirona chizilgan. Qoraqalpoq va qozoq yozuvchilarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999)[1].

Nosir Fozilov
Tavalludi 10-iyun 1929-yil
Vafoti 11-mart 2018-yil(2018-03-11)
(88 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Manbalar tahrir

  1. * Tanlangan asarlar [2 j.li], T., 1982— 83; Ustozlar davrasida, T., 1989; Munavvar lahzalar, T., 1997; Sayd Ahmad noming baland, T., 1999; Eslasang, koʻngling yorishur, T., 2004.