Ostona (qozoqcha: Астана)[2]; eski nomi: Nur-Sulton (qozoqcha: Нұр-Сұлтан) — Qozogʻiston poytaxti(1997 yil 10 dekabrdan beri). Hozirgi kunda shaharning hududi 200 km2. Ishim daryosining oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1 136 008 kishi (2020).

Ostona

qozoqcha: Астана
Poytaxt
Ostona
Bayroq
Ostona
Gerb
51°11′0″N 71°24′0″E / 51.18333°N 71.40000°E / 51.18333; 71.40000 G OKoordinatalari: 51°11′0″N 71°24′0″E / 51.18333°N 71.40000°E / 51.18333; 71.40000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
Hukumat
 • Akim Altay Kulginov
Asos solingan 1830
Ilk eslatilishi 1830
Avvalgi nomlari Akmolinsk, Tselinogarad, Akmola, Astana, Nur-Sulton
Maydon 79,733 km2 (30,785 mi²)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha,ruscha
Aholisi
1 078 384[1]
Zichligi 1299 kishi/km2
Milliy tarkib qozoqlar 81 %
ruslar 10 %
ukrainlar 1,81 %
tatarlar 1,34 %
oʻzbeklar 1,10 %
va boshqalar 5,63 %
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7172
Pochta indeks(lar)i 010000
Avtomobil kodi Z eskisi, 01 yangisi
Ostona xaritada
Ostona
Ostona

Sanoati tahrir

Mashinasozlik va metallni qayta ishlash (qishloq xoʻjalik mashinalari, nasos, vagon remonta, gaz apparaturasi, choʻyan kuyish va boshqa zavodlar), oziq-ovqat (goʻsht, sut, non mahsulotlari, pivo zavodi), yengil (chinni zavodi, tikuvchilik fabrikasi va boshqa) sanoatlari rivojlangan. Gʻisht, temir-beton materiallari, uy-joy qurilish qismlari, asfalt, keramika mahsulotlari ishlab chiqariladi. TETS ishlab turibdi. Elektr uzatkich liniyalari Ostonani Qaragʻandi, Pavlodar, Petropavl, Rudniy bilan bogʻlagan.

Tarixi tahrir

Shahar eski qismining koʻchalari toʻgʻri burchak shaklida tuzilgan. Ostonada 1960-yildan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961—92 yillar bosh plani boʻyicha shaharning janubi-sharqiy qismidagi boʻsh yerlarda tipovoy loyiha asosida koʻp qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat saroyi, 1960—64, meʼmorlar O. Kratsklis, D. Danneberg, P. Fogel), Yoshlar uyi (1974, meʼmor A. T. Polyanskiy va boshqa), „Ishim“ mehmonxonasi, telemarkaz va boshqalar barpo etilgan. Ostonada 4 oliy oʻquv yurti, teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari bor. Ostona 1830-yilda Oqmoʻla qalʼasi sifatida barpo qilingan.

Nomi tahrir

Shaharning nomi 1961-yilgacha Akmolinsk, 1992-yilgacha Tzelinograd, 1998-yilgacha Oqmola boʻlgan. U 2022 yilda Nur-Sulton deb atalgan. Ostona shahri 1997-yildan beri Qozogʻiston Respublikasining poytaxti boʻlib kelmoqda. Undan avval Olmaota shahri mamlakatning poytaxti boʻlgan.

Ichki boʻlinishi tahrir

Ostona Sariarqa tumani, Alma-Ata tumani va Yesil tumani boʻlib boʻlinadi

Qiziqarli xabarlar tahrir

  • Ostona — Osiyo poytaxtlarining ichida shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan.
  • Ostona — Yer sharidagi eng sovuq poytaxtlarning biridir, Mongoliya poytaxti Ulan-Batordan issiq, Kanada poytaxti Ottavadan sovuq.

Maorif tahrir

Kollejlar tahrir

  • Ostona politexnik kolleji
  • Tibbiyot kolleji
  • Inovatsion texnalogiyalar kolleji
  • Moliyaviy-iqtisoiy kolleji
  • Gumanitar kolleji (Pedagogik kollej)
  • Gumanitar-yuridik kolleji QazGYuU
  • Yevrosiyo gumanitar institutining kolleji
  • „Turon“ kolleji
  • Boshqarish kolleji
  • Moliyaviy akademiyaning kolleji
  • Iqtisodiyot, oziq-ovqatlarni standartlash va texnalogiyalar kolleji
  • Savdo-sanoat va iqtisodiyot kolleji
  • Iqsodiy-hududiy kolleji
  • Qozoq texnologiya va biznes universitetining kolleji
  • Transport va aloqa kolleji

Oliy oʻquv yurtlari tahrir

Ostona shahrida 10 tadan ziyod oliy oʻquv yurtlati bor, shulardan:

  • Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti davlat boshqarish akademiyasi
  • L.N.Gumilev nomli Yevrosiyo milliy universiteti
  • Yevrosiyo gumanitar instituti
  • Qozoq milliy sanʼat universiteti
  • S.Seyfullin nomli qozoq agrotexnik universiteti
  • Qozoq gumanitar-yuridik universiteti
  • M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Qozogʻistondagi filiali
  • Qozogʻiston-Rossiya universiteti
  • Ostona tibbiyot universiteti
  • Nazarboyev Universiteti
  • Moliya akademiyasi
  • Qozoq moliyaviy-iqtisoiy va xalqaro savdo universiteti
  • Qozoq texnalogiya va biznes universiteti

Sport saroylari tahrir

  • Bosh stadion Nur-Sultan Arena — 30 000 kishini sigʻdira oladi[3]
  • Qajimuqan Munaytpasov nomidagi stadoin — 12 350 kishini sigʻdira oladi
  • Yopiq konʼki saroyi — 8 773 kishini sigʻdira oladi
  • Alau muz saroyi — 8 000 kishini sigʻdira oladi
  • Sari-Arqa — 8 000 kishini sigʻdira oladi
  • Qozogʻiston sport saroyi — 6 532 kishini sigʻdira oladi

Aholisi tahrir

Ostona shahrining aholisi 2000-yil bilan solishtirganda 169,2-ming kishiga koʻpayib, 2006-yilning boshida 550,2 ming kishiga yetdi. Aholi soni boʻyicha Ostona Qozogʻistondagi Almati shahridan keyin 2-oʻrinda.

Milliy tarkibi tahrir

Milliy tarkib (2012)
qozoqlar
  
66.80%
ruslar
  
23.35%
ukrainlar
  
1.81%
boshqalar
  
8.04%
Milliy tarkib (1989)
ruslar
  
54.10%
qozoqlar
  
17.71%
ukrainlar
  
9.26%
boshqalar
  
18.93%
Shahar aholisining milliy tarkibi:[4][5]
1989-yilgi
aholi soni
% 1999-yilgi
aholi soni
% 2012-yilgi
aholi soni
%
umumiy 281252 100,00 % 319324 100,00 % 742918 100,00 %
Qozoqlar 49798 17,71 % 133585 41,83 % 480815 66,80 %
Ruslar 152147 54,10 % 129480 40,55 % 188928 23,35 %
Ukrainlar 26054 9,26 % 18070 5,66 % 13453 1,81 %
Tatarlar 9339 3,32 % 8286 2,59 % 9937 1,34 %
Olmonlar 18913 6,72 % 9591 3,00 % 7930 1,07 %
Beloruslar 8220 2,92 % 5761 1,80 % 3834 0,52 %
Koreyslar 1329 0,47 % 2028 0,64 % 4981 0,67 %
Oʻzbeklar 640 0,23 % 429 0,13 % 8166 1,10 %
Polyaklar 2762 0,98 % 2537 0,79 % 2412 0,32 %
Ingushlar 1889 0,67 % 1822 0,57 % 2732 0,30 %
Ozarbayjonlar 997 0,35 % 902 0,28 % 2978 0,40 %
Qirg'izlar 94 0,03 % 196 0,06 % 1808 0,20 %
Chechenlar 514 0,18 % 752 0,24 % 1063 0,14 %
Boshqirdlar 1187 0,42 % 870 0,27 % 1009 0,14 %
Armanlar 814 0,29 % 576 0,18 % 790 0,10 %
Moldavanlar 1004 0,36 % 629 0,20 % 7 0,9 %
Uyg'urlar 53 0,02 % 161 0,05 % 881 0,12 %
boshqalar 5498 1,64 % 3649 0,83 % 8711 0,90 %

Hamdoʻst shaharlari tahrir

Shahar Yil Davlat
Anqara -   Turkiya
Istanbul -   Turkiya
Izmir -   Turkiya
Moskva -   Rossiya
Sankt-Peterburg -   Rossiya
Qozon 2004   Rossiya
Pittsburg -   AQSh
Ammon -   Iordaniya
Riga -   Latviya
Toshkent -   Oʻzbekiston[6]
Gdansk 1996   Polsha
Varshava 2002   Polsha
Kiyev 1998   Ukraina
Seul 2004  
Dubay -   Birlashgan Arab Amirliklari
Pekin -   Xitoy
Manila -   Filippin
Tbilisi 2005   Gruziya [7]
Bishkek 2011   Qirgʻiziston[8]
Xanoy -   Vyetnam
Nice 2013   Fransiya

Shaharning nazarga tushgan joylari tahrir

[9]

 
Ostona shahrining panoramasi
Shaharning nazarga tushgan joylari
 
Boyterak Mustaqillik saroyi Qozogʻiston sport kompleksi Nur-Sulton masjidi Qozoq eli monumenti

Manbalar tahrir

  1. „Численность населения Республики Казахстан по полу в разрезе областей, городов, районов и районных центров и поселков на начало 2019 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 2020-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  2.   OrifTolib(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  3. http://www.uefa.com/MultimediaFiles/Download/FirstDiv/uefaorg/Publications/01/67/03/93/1670393_DOWNLOAD.pdf
  4. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  5. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-maya 2012 goda[sayt ishlamaydi]
  6. Tashkent, goroda-pobratimi
  7. Soglashenie o partnerstve s Tbilisi, 2012-04-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-23
  8. Soglashenie ob ustanovlenii pobratimskix svyazey mejdu Bishkekom i Astanoy, 2012-11-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-23
  9. Qozoq ensiklopediyasi I tom