Nurpeyis Boygʻonin (1860, Axtyube viloyati Boygʻonin tumani — 1945.9.4) — Qozoq xalq oqini, yirik jirov. Kozogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼatarbobi (1939). Yoshligidan ovullarda oʻlanlar aytgan, 17 yoshidayoq "bola jirchi" nomini olgan. "Qoʻblandi", "Er Targʻin", "Toʻraxon" kabi xalq dostonlarini, ayniqsa botirlik jirlarini yaxshi bilgan. Oʻz termalarida hayotni, doʻstlik, botirlik, insonparvarlik va mehnatni ulugʻlagan. Oqinning "Kubugul", "Norqiz", "Alpamis", "Oqkenja", "Qiz Jibek", "AymanSholpan", "Toʻraxon" va boshqa dostonlarida qozoq xalqining hayoti haqkrniy aks ettirilgan. B.ning "Oʻzbekistan" sheʼrida Oʻzbekistonning goʻzal tabiati, oq koʻngil, mehnatsevar odamlari kuylanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Boygʻonin Nurpeyis" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil