Oʻtmishdan ertaklar

oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami

„Oʻtmishdan ertaklar“oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami. Muallif bu qissani 1965-yil yozgan. Toʻplam shu kungacha bir necha marta nashr qilingan. [1]Ushbu kitob 1976-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya nashriyoti“da chop etilgan.

Oʻtmishdan ertaklar
Muallif(lar) Abdulla Qahhor
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa, hikoya
Nashr etilgan sanasi 1976
Nashriyot „Yosh gvardiya nashriyoti“
Sahifalar soni 143

Toʻplamni chop etishda, 1967-yilda chop etilgan Asarlar toʻplamining |-||-tomlaridan foydalanilgan. Kitobga: „Koʻk konvert“, „Dahshat“, „Yillar“, „Bemor“, „Oʻqri“, „Anor“, „Asror bobo“ kabi yozuvchining mashhur hikoyalari hamda „Oʻtmishdan ertaklar“ nomli qissasi kiritilgan.

„Oʻtmishdan ertaklar“ qissasida yozuvchining bolalik davri, oʻtgan asr boshlaridagi bolalarning mashaqqatli hayoti xususida soʻz yuritilgan. Shuningdek katta avlodning savodsizligi, davr fojialari haqida ochiq-oydin yozilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Mirzayev — muharrir, K. Aliyev — rassom, L. Jixarskaya — texnik muharrir, Sh. Shoumarova — musahhih. Kitob adadi — 60 000 nusxa.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir