Oʻzbekiston Olimpiada oʻyinlarida

Oʻzbekiston sportchilari Olimpiya oʻyinlarida 1952-yildan buyon (1992-yilgacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari jamoasi tarkibida, 1996-yildan e'tiboran mustaqil davlat vakili sifatida) qatnashib keladi. Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni bilan taqdirlangan (1996).[1]

Oʻzbekistoning Olimpiada oʻyinlaridagi medallari tahrir

Oʻzbekiston Olimpiyachilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erishgan medallari[2]

Oʻzbekistonning jami medallari  
Yil Ishtrokchi Mezbon mamlakat Bayroqdor Oltin Kumush Bronza Jami Oʻrni
1996 71 Atlanta   AQSh Temur Ibragimov 0 1 1 2 58
2000 70 Sidney   Avstraliya Muhammadqodir Abdullayev 1 1 2 4 41
2004 69 Afina   Gretsiya Abdullo Tangriyev 2 1 2 5 34
2008 56 Pekin   Xitoy Dilshod Makhmudov 1 3 3 7 40
2012 53 London   Birlashgan Qirollik Elshod Rasulov 1 0 2* 3 47
2016 70 Rio-de-Janeyro   Braziliya Bahodir Jalolov 8 2 7 13 21
  • London-2012 Olimpidasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Soslan Tigiyev organizmida taqiqlangan metilgeksaneamin moddasi topilgani sabab, bronza medalidan mahrum qilingan.[3][4]

Olimpiada oʻyinlari tarixidagi sovrindorlar tahrir

Medal Sportchi Oʻyinlar Sport turi Sport bahsi
2  Oltin Lina Cheryazova Lillehammer-1994   Norvegiya   Fristayl Ayollar fristayl
2  Bronza Karim Tulaganov Atlanta-1996   AQSh   Boks Erkalar yengil vazn
2  Kumush Armen Bagdasarov Atlanta-1996   AQSh   Dzyudo Erkaklar oʻrta vazn
2  Oltin Muhammadqodir Abdullayev Sidney-2000   Avstraliya   Boks Erkaklar oʻrta vazn 63.5 kg
2  Kumush Artur Taymazov Sidney-2000   Avstraliya   Erkin kurash Erkaklar ogʻir vazn
2  Bronza Rustam Saidov Sidney-2000   Avstraliya   Boks Erkaklar ogʻir vazn +91 kg
2  Bronza Sergey Mihaylov Sidney-2000   Avstraliya   Boks Erkalar oʻrta vazn 81 kg
2  Oltin Artur Taymazov Afina-2004   Gretsiya   Erkin kurash Erkaklar og'ir vazn 120 kg
2  Oltin Alexandr Dokturishvili Afina-2004   Gretsiya   Erkin kurash Erkaklar Yunon rum kurashi 74 kg
2  Kumush Magomed Ibragimov Afina-2004   Gretsiya   Erkin kurash Erkaklar erkin kurashi 96 kg
2  Bronza Bahodirjon Sultonov Afina-2004  Gretsiya   Boks Erkaklar O'rta vazn
2  Bronza Utkirbek Haydarov Afina-2004   Gretsiya   Boks Erkalar og'ir vazn
2  Oltin Artur Taymazov Pekin-2008   Xitoy   Erkin kurash Erkaklar og'ir vazn 120 kg
2  Kumush Soslan Tigiyev Pekin-2008   Xitoy   Erkin kurash Erkaklar Erkin kurash 74 kg
2  Bronza Abdullo Tangriev Pekin-2008   Xitoy   Dzyudo Erkaklar Og'ir vazn +100 kg
2  Bronza Rishod Sobirov Pekin-2008   Xitoy   Dzyudo Erkaklar Yengil vazn 60 kg
2  Bronza Anton Fokin[5] Pekin-2008   Xitoy   Gimnastika Erkaklar brusda bajarilgan mashqlar
2  Bronza Ekaterina Khilko Pekin-2008   Xitoy   Gimnastika Ayollar Trompolin
2  Bronza Rishod Sobirov London-2012   Birlashgan Qirollik   Dzyudo Erkaklar Yengil vazn 60 kg
2  Bronza Abbos Atoev London-2012   Birlashgan Qirollik   Boks Erkaklar o'rta vazn
2  Oltin Artur Taymazov London-2012   Birlashgan Qirollik   Erkin kurash Erkaklar og'ir vazn 120 kg

Oʻzbekistonlik sportchilarning Yozgi Olimpiya Oʻyinlaridagi ishtiroklari tahrir

1. 1996-yil — Atlanta (AQSh)

XXVI — yozgi Olimpiada Oʻzbekiston sharafini 76 nafar sportchilarimiz sportning 13 turida himoya qilishgan.

-Armen Bogdasarov (dzyudo) — kumush

-Karim Toʻlaganov (boks) — bronza

-Umumjamoa hisobida: — 197 davlat orasida 58-oʻrinni egallagan.

2. 2000-yil — Sidney (Avstraliya)

XXVII — yozgi Olimpiada oʻyinlarida ham yurtimiz sharafini 76 nafar sportchilarimiz sportning 13 ta turida himoya qilishgan. *Bayroqdor: Muhammadqodir Abdullaev

  • Sovrindorlar:

-Muhammadqodir Abdullaev (boks) — oltin

-Artur Taymazov (erkin kurash) — kumush

-Sergey Mixaylov (boks) — bronza

-Rustam Saidov (boks) — bronza

-Umumjamoa hisobida: — 199 davlat orasida 42-oʻrin

3. 2004-yil — Afina (Yunoniston)

XXVIII — yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini 69 nafar sportchi sportning 15 ta turida himoya qilishgan.

  • Bayroqdor: Abdulla Tangriev
  • Sovrindorlar:

-Artur Taymazov (erkin kurash) — oltin

-Aleksandr Dokturishvili (yunon-rum kurashi) — oltin

-Magamed Ibragimov (erkin kurash) — kumush

-Bahodir Sultonov (boks) — bronza

-Oʻtkirbek Haydarov (boks) — bronza

-Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 34-oʻrin

4. 2008-yil — Pekin (Xitoy)

XXIX-yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini 58 nafar sportchilarimiz 15 ta sport turida himoya qilishgan.

-Artur Taymazov (erkin kurash) — oltin

-Abdullo Tangriev (dzyudo) — kumush

-Soslan Tigiev (erkin kurash) — kumush

-Rishod Sobirov (dzyudo) — bronza

-Anton Fokin (sport gimnastikasi) — bronza

-Yekaterina Xilko (trampolin) — bronza

-Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 40-oʻrin

5. 2012-yil — London (Buyuk Britaniya)

XXX-yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini 53 nafar sportchilarimiz 15 ta sport turida himoya qilishgan.

-Artur Taymazov (erkin kurash) — oltin

-Rishod Sobirov (dzyudo) — bronza

-Abbos Atoev (boks) — bronza

-Umumjamoa hisobida: 204 davlat orasida 47-oʻrin

Sport turlari bo'yicha qo'lga kiritilgan medallar tahrir

Yozgi sport turlari
Yozgi Olimpiada o'yinlarida Oʻzbekistonning jami medallari  
Sport turi Oltin Kumush Bronza Jami
Boks 4 2 9 15
Erkin kurash 4 3 7
Gimnastika 0 0 2 2
Dzyudo 0 2 2 4
Jami 5 5 10 20
Qishki sport turlari
Qishki Olimpiada o'yinlarida Oʻzbekistonning jami medallari  
Sport turi Oltin Kumush Bronza Jami
Fristayl 1 0 0 1
Jami 1 0 0 1

Yana qarang tahrir

  1. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi
  2. Pekin-2008 XXIX Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston
  3. London-2012 XXX Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. sports-reference.com Olympics, 2020-04-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-06-18
  3. IOC strips Uzbek wrestler of London bronze
  4. Soslan Tigiev rasman Olimpiada-2012 medalidan mahrum qilindi, 2012-12-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-06-18
  5. Anton Fokin – Olimpiada oʻyinlari sovrindori[sayt ishlamaydi]