Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi sohasida davlat boshqaruv organidir[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Maqsadi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
Ishga tushgan sanasi 4-mart, 1996-yil(1996-03-04)
Vazir Abdulla Qoʻldoshev
Vebsayti fvv.uz
Hamkor tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Map
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xaritada koʻrinishi

Tarixi tahrir

Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlash boʻyicha Respublika markazi 1992-yili tashkil etilib, 1996-yilgacha faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan 1995-yil 16-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligini tuzish haqida qaror qabul qilingan.

Vazifalari tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil etilgan boʻlib, mazkur farmon boʻyicha vazirlikning vazifalari quyidagicha belgilangan:

  • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va maʼnaviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarini boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini taʼminlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish;
  • Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kenashi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
  • Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga, aholini, mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda ular vujudga kelgan taqdirda xalq xujaligi ob’ektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga, shuningdek aholini, mansabdor shaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi tuzilmalarini tayyorlashga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish
  • Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borish va hokazo.

Tashkiliy tuzilishi tahrir

  • Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi[2]
  • Tezkor boshqarma
  • Profilaktika boshqarmasi
  • Qutqaruv kuchlari boshqarmasi
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va maʼlumotlar boshqarmasi
  • Fan va texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi
  • Moliya boshqarmasi
  • Moddiy texnik taʼminot boshqarmasi
  • Kapital qurilish boshqarmasi
  • Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi
  • FV oldini olish harakat tizimi boshqarmasi
  • Kadrlar boshqarmasi
  • Ishlar boshqarmasi
  • Tibbiyot boshqarmasi
  • Xalqaro hamkorlik boʻlimi
  • Yuridik boʻlim
  • Qamchiq dovoni maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi
  • Girometeorologiya markazi
  • Seysmologiya markazi
  • Tez harakat qilish Respublika markazi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
  • Davsuvxoʻjaliknazorat
  • Markaziy baza[3]

Vazirlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Tarixi, 2017-05-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-03
  2. YOXBB FVV tizimiga oʻtkazildi
  3. „Tuzilmasi“. 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-aprel.
  4. B.E. Qosimovni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida, qaraldi: 2019-08-13
  5. R.H. Haydarovni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida, qaraldi: 2019-08-13