Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

davlat organlari, saylov komissiyasi, siyosiy tuzilma

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) – Oʻzbekiston Respublikasi davlat organi. 1998-yildan eʼtiboran mustaqil organ sifatida amal qiladi[1]. Saylov qonunchiligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oliy Majlis, Prezidentlik saylovlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazadi. MSK kollegial organ boʻlib, davlat hokimiyat organlaridan mustaqildir. MSK faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. MSK qarorlari MSK aʼzolarining ochiq majlisida qabul qilinadi. Majlisda aʼzolarning 3/2 qismi ishtirok etganda majlis oʻtgan hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
Turi Konstitutsion tuzilma
Maqomi Kollegial organ
Ishga tushgan sanasi 1998-yil 30-aprel
Joylashuvi Toshkent sh., To'ytepa ko'chasi, 2a uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Rais Zayniddin Nizomxoʻjayev
Bosh mahkamasi Komissiya majlisi
Aʼzolari 21 kishidan iborat
Vebsayti saylov.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus, Ingliz

MSK eng kamida 15 kishidan iborat tarkibda Oliy Majlis palatalari tomonidan tuziladi. [2] MSK aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga koʻra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.

MSK Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi. MSK Raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.[3]

MSK fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishlari hamda Respublika hududida Saylov kodeksiga amal qilinishini nazorat qiladi. Saylov hamda referendumlarni oʻtkazishda jarayonlarni tashkillashtiradi. Saylovni moliyalashtirish hamda byudjet mablagʻlarining taqsimoti ustidan nazorat oʻrnatadi.

Amaldagi MSK 5 ta prezidentlik saylovi (2000[4], 2007[5], 2015[6], 2016[7], 2021), 5 ta parlament saylovi (1999[8], 2004[9], 2009[10], 2014[11], 2019[12]) va 1 ta referendum (2002[13]) oʻtkazgan.

Oliy Kengash (Oliy Majlis) huzuridagi Markaziy saylov komissiyasi tahrir

Oliy Kengash huzuridagi MSK faoliyati davomida quyidagi saylovlar va referendumlarni oʻtkazgan:

1990-yil 18-fevralda Oʻzbekiston Oliy Kengashiga saylov boʻldi. Respublika hududida 500 ta saylov okrugining 326 tasida ilk bora muqobillik asosida nomzodlar koʻrsatildi. Saylovning birinchi tur natijalariga koʻra 368 nomzod zarur ovozlarni toʻplay oldi. Qolgan 132 okrugda ikkinchi tur saylov boʻlib oʻtdi.[14] Saylangan parlament 1990-1994-yillarda 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi, mamlakatimiz tarixida birinchi marta mamlakat Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi. [15]

1990-yil 24-31-mart kunlari Toshkentda 12 chaqiriq Oʻzbekiston SSSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasi boʻldi. 24-mart kuni „Oʻzbekiston SSR Prezidenti lavozimini taʼsis etish toʻgʻrisida“ qonun qabul qilindi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yoʻli bilan Islom Abdugʻaniyevich Karimov Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi.[16]

SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini oʻzgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalq fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini oʻtkazishga qaror qildi. 1991-yil 20-fevralida Oʻzbekiston Oliy Kengashining rayosati referendum oʻtkazishni maʼqulladi. Referendumda ikkita masala ovozga qoʻyildi. Ikkinchi byulletenda „Siz Oʻzbekistonning mustaqil, teng huquqli Respublika sifatida Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?“ savoli qoʻyilgan edi. 1991-yil 17-mart kuni oʻtkazilgan referendumda, ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi „Ha“ deb javob berdilar. [17]

Oʻzbekiston prezidentlik institutining yuzaga kelishi va takomillashuvi 1991-yil 18-noyabrida qabul qilingan „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonun katta ahamiyatga ega boʻldi. Qonunda fuqarolarning shu sohadagi saylov huquq, saylov oʻtkazish, prezidentlikka nomzodlar koʻrsatish va ularni r’yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlarini chiqarish tartibi oʻz ifodasini topdi.[18]

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda boʻlgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi boʻyicha referendum oʻtkazish haqidagi masalani koʻrib chiqdi. Mazkur sessiyada 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisida referendum hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.[19] 

1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendum boʻlib oʻtdi. Referendumda 0 mln 898 ming 707 kishi yoki saylov roʻyxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi Oʻzbekiston mustaqilligini maʼqullaymiz, deb ovoz berdi.[20]

1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ham boʻlib oʻtdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdugʻaniyevich Karimov uchun 8 mln 514 ming 316 kishi ovoz berishda ishtirok etganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini koʻrib chiqib, I. A. Karimovni 1991-yil 29-dekabrdab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblashga qaror qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil yanvarda boʻlgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qabuldi va Prezidentlik lavozimiga kirishdi.[21]

Oʻzbekistonda Konstitutsiya talablari asosida izchil ravishda siyosiy islohatlar amalga oshirilar ekan. 1993-yil 28-dekabrida boʻlib oʻtgan Oliy Kengashning XIV sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar toʻgʻrisida“gi qonun qaul qilindi.[22]

1994-yil may oyida Oliy Kengash „Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida“gi qonunni qabul qildi. 1994-yi 25-dekabrdagi Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari saylovlariga qizgʻin tayyorgarlik koʻrila boshlandi. Toshkent shahrida Oliy Kengashda boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari uchun saylov oʻtkazuvchi 30 ta okrug, Xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi 60 ta okrug tuzildi. Qonunda belglangan tartibda va tavsiya etilgan vaqtda calendar rejasiga asosan Oliy Majlisga saylov oʻtkazuvchi 30 ta saylov Komissiyasi va shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi 60 ta saylov komissiyasi tashkil etildi. Komissiyalar tarkibiga sanoat korxonalari, jamoat tashkilotlari, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash xodimlari va mahalla yigʻinlari vakillaridan iborat 810 kishi jalb etildi.[23]


1994-yil 25-dekabrda Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar belgilandi. Saylov kampaniyasini muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratildi. 1994-yil 14-5-noyabrida Toshkentda Oliy Majlisga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminar boʻlib oʻtdi. Seminar-kengashda BMTning Oʻzbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F. F. Sidorskiy, Turkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etdi. Saylovlarni oʻtkazish uchun Respublikada 250 ta saylov okrugi, 7192 ta saylov uchastkasi tuzildi. Saylov koʻppartiyaviylik va muqobillik asosida oʻtkazilishni taʼminlash uchun qonunda belgilangan muddatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirildi. 135 ta saylov okrugida uchtadan, 106 ta saylov okrugida 2 tadan nomzod ovozga qoʻyildi. Saylovda roʻyxatga olingan 17 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi saylovda ishtirok etishdi. Saylov uch tur davom etdi. Ikkinchi tur 1995-yil 8-yanvar, uchinchi tur 25-yanvarda boʻlib oʻtdi. 1995-yil 23-fevralida Oliy Majlis ilk sessiyasini oʻtkazdi.[24]

1995-yil 23-fevralida Oliy Majlis „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini 2000-yilga qadar uzaytirish toʻgʻrisi“da referendum oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Mazkur qaror mehnat jamoalar va aholining istiqomat joylarida oʻtkazilgan, 6 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etgan 22 mingdan ortiq yigʻilishda qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi[25]. 1995-yil 26-martda referendum oʻtkazildi. Referendum natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilga qadar uzaytirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-aprelda „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisidagi“ qonunni qabul qildi. Qonunga koʻra Markaziy saylov komissiyasi alohida konstitutsion tuzilma sifatida qaytadan tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasining birinchi Raisi etib Boʻritosh Mustafoyev saylandi.

Saylov qonunchiligi tahrir

Saylov organlari oʻz faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi. Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga toʻlgan har bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini taʼminlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar.

Davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, asosan, vakilliklar yoʻli bilan, yaʼni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qoʻyiladi.

Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. Oʻzbekistonda xalqaro huquq andazalari va talablariga, ilgʻor chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. Oʻzbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida „Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida“[26] (1991- yil 18- noyabr) va „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“ [27](1991- yil 18- noyabr) Qonunlari qabul qilindi.

1991-yil 8-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida saylov tizimining huquqiy asoslari mustahkamlandi.

"Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Oʻz xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar ", – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 117-modda[28]

Saylovlar haqida, saylov oʻtkazish tartiblari toʻgʻrisida bir qator qonunlar qabul qilindi. „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida“ gi (1993- yil 28- dekabr),[29] „Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida“ gi (1994- yil 5- may)[30], „Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida“ gi (1994- yil 5- may)[31] Qonunlar shular jumlasidandir. 2019-yil 26-iyunda „Saylov kodeksi“ [32]qabul qilindi va yuqoridagi hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi. Endilikda Respublika hududida oʻtkaziladigan barcha turdagi saylov va referendumlar Saylov kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raislari tahrir

  1. Gʻofur Barnoyev (1998)[33]
  2. Qudratilla Axmedov (1998-1999)
  3. Najmiddin Komilov (1999-2001)
  4. Abdurafiq Ahadov (2001-2004)
  5. Boʻritosh Mustafoyev (2004-2005)
  6. Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov (2005-2021)
  7. Zayniddin Nizomxoʻjayev (2021- h.v)

Komissiya aʼzolari tahrir

2022-yilning fevral oyi holatiga koʻra MSKning 21 ta aʼzosi bor[34].

Manbalar tahrir

  1. MSK haqida, 2016-11-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-09
  2. Saylov kodeksi {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  3. Bahrom Qo'chqorov MSK Raisi o'rinbosari etib saylandi {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2000-yil, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2007-yil, 2022-01-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2015-yil, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2016-yil, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  8. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylov 1999-yil, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  9. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylov 2004-yil, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  10. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylov 2009-yil, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  11. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylov 2014-yil, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  12. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylov 2019-yil, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  13. O'zbekiston Respublikasi Referendumi 2002-yil, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  14. Q.Usmonov, M.Sodiqov “O’zbekiston tarixi”, “Sharq” n. T. 2010 247-248 b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  15. N.Jo’rayev “Mustaqil O’zbekiston tarixi”, G’.G’ulom n. T. 2013 88-89 b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  16. Q.Usmonov, M.Sodiqov “O’zbekiston tarixi”, “Sharq” n. T. 2010 247-248 b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  17. Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova “O’zbekiston tarixi”, “Iqtisod moliya” n. T. 2006 388-b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  18. N.Jo’rayev “Mustaqil O’zbekiston tarixi”, G’.G’ulom n. T. 2013 108-b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  19. Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova “O’zbekiston tarixi”, “Iqtisod moliya” n. T. 2006 394-b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  20. Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova “O’zbekiston tarixi”, “Iqtisod moliya” n. T. 2006 395-b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  21. Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova “O’zbekiston tarixi”, “Iqtisod moliya” n. T. 2006 396-b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  22. N.Jo’rayev “Mustaqil O’zbekiston tarixi”, G’.G’ulom n. T. 2013 89-b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  23. N.Jo’rayev “Mustaqil O’zbekiston tarixi”, G’.G’ulom n. T. 2013 121-b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  24. N.Jo’rayev “Mustaqil O’zbekiston tarixi”, G’.G’ulom n. T. 2013 91-b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  25. N.Jo’rayev “Mustaqil O’zbekiston tarixi”, G’.G’ulom n. T. 2013 94-b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  26. „O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida“gi qonun (o'z kuchini yo'qotgan) {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  27. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ (o'z kuchini yo'qotgan) {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  28. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsityasi 117-modda {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  29. „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida“ (o'z kuchini yo'qotgan) {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  30. „Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida“ (o'z kuchini yo'qotgan) {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  31. „Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida“ (o'z kuchini yo'qotgan) {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  32. O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  33. "Xalq so'zi" gazetasining 1998-yil 30-avgustdagi 175-176-soni {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  34. O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zolari, 2022-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-26 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)