Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

Oʻzbekistondagi harbiy-texnik oliy oʻquv yurti

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi aloqa muhandislari tayyorlovchi oliy harbiy oʻquv yurtlaridan biri[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
(AKT va AHI)
Asos solingan 2019
Oʻquv yurti turi institut
Yoʻnalish aloqa
Sohasi harbiy
Bakalavriat 4 yil
Manzili 100190, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qonqus MFY
Vebsayti qabul.mvahi.uz
Map

Tarixi tahrir

Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi[2].

Mutaxassisliklar tahrir

  1. Aloqa qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik muhandisligi.
  2. Axborotlarni kriptografik himoyalash va maxsus aloqa qoʻmondonlik muhandisligi.
  3. Radioelektron razvedka va kurash qoʻmondonlik muhandisligi.
  4. DXX chegara qoʻshinlari va intellektual tizimlar qoʻmondonlik muhandisligi.
  5. Havo hujmidan mudofaa radiotexnika qoʻshinlari qoʻmondonlik muhandisligi.
  6. Havo hujmidan mudofaa zenit raketa qoʻshinlari qoʻmondonlik muhandisligi.
  7. Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring qoʻmondonlik muhandisligi.
  8. Tarmoq va axborot tizimlari xafsizligi qoʻmondonlik muhandisligi.

Manbalar tahrir

  1. Harbiy taʼlim muassalari, 2019-09-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-09-03
  2. Prezident harbiy institut va harbiy qismga bordi