Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, professional ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi, davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan, bitiruvchilarga oliy ta’limning 2 bosqichi (bakalavriat va magistratura) bо‘yicha diplom bera oladigan davlat tasarrufidagi oliy оʻquv yurtidir.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
(О‘zDSMI)
Manzili О‘zbekiston Respublikasi Toshkent sh. Mirzo Ulug'bek tumani, Yalang'och dahasi 127 "A" uy. 100164
Vebsayti  dsmi.uz

Koordinatalari: 41°21′4.5915057298168″N 69°20′31.928127430064″E / 41.351275418258282457°N 69.34220225761946210°E / 41.351275418258282457; 69.34220225761946210 G O

Institut Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 4-iyundagi PQ-1771 sonli qaroriga [1] asosan Toshkent davlat madaniyat instituti va О‘zbekiston davlat san’at instituti negizida tashkil etilgan.

Institut madaniyat va san’at sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan bir qancha tor mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi о‘ziga xos oliy ma’lim muassasasi hisoblanadi. О‘quv yurtida ta’lim berish jarayonida fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan holda olib boriladi. Institutning 4 fakulteti va 21 kafedrasida talabalar ta’limning 26 ta yо‘nalishi va 19 mutaxassisligi bо‘yicha о‘zbek va rus tillarida tahsil oladilar. Institut aktyorlik mahorati va rejissura, san’atshunoslik va teatrshunoslik, ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati, xalq ijodiyoti, madaniyat va san’at muassasalarini boshqaruv, kutubxona-axborot faoliyati kabi soha mutaxassislarini tayyorlaydi.

Bugungi kunda institutda 5380 dan ortiq talaba bakalavr ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha tahsil olyapti. Ularga amalda meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida stipendiyalar beriladi, ijtimoiy yordam kо‘rsatiladi. Mazkur oliy о‘quv yurtining ilmiy salohiyati yillar kesimida о‘sib borayotganligini kо‘rish mumkin. Bugungi kunda institutda faoliyat yuritayotgan 336 nafar professor-о‘qituvchining 52 nafari fan doktori, professor, 93 nafari fan nomzodi, dotsent hamda faxriy unvonlar bilan taqdirlangan 40 dan ortiq pedagog ta’limning yuqori darajada bо‘lishini ta’minlab kelmoqda.

O‘zDSMI Markaziy Osiyo va xorijdagi yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish tarafdoridir. Institut 60 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolagan.

Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida faol qо‘llanmoqda, multimediyali texnika va dasturiy vositalaridan foydalanilmoqda. О‘quv jarayoni madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Institut hayotida badiiy-ijodiy faoliyat muhim о‘rin tutadi. Institutda tashkil etilgan talabalarning kо‘plab ijodiy jamoalari turli festival va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Institutda nashr etilayotgan “О‘zDSMI xabarlari” ilmiy, amaliy jurnali va “Ijodiy parvoz” gazetasi sahifalarida professor-о‘qituvchilar va talabalarning maqolalari chop etilib borilmoqda.

Talaba va professor-о‘qituvchilar institutning boy axborot-resurs markazidan foydalanib kelmoqdalar. Unda 100 mingdan ziyod adabiyot mavjud. ARM fondida institut professional faoliyatiga doir bо‘lgan nodir va kamyob nashrlar ham mavjud. Institutda elektron ta’lim resurslarini yaratish bо‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Institut qoshida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyat yuritmoqda. Markazning maqsadi san’at va madaniyat sohasidagi о‘rta-maxsus va oliy о‘quv yurtlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdir.

Yangi binolarning qad kо‘tarishi va eski о‘quv binolarining ta’mirlanishi natijasida institut о‘ziga xos о‘quv shaharchasiga ega bо‘ldi. Shaharcha hududida ijodiy ustaxonalar, о‘quv teatri va axborot-resurs markazi qad ko’tardi. Bundan tashqari institut hududida о‘quv binosi, institut ma’muriyati binosi, sport majmuasi, yopiq suzish havzasi, ochiq sport maydonchalari, 2 ta 1 va 2-sonli Talabalar turar joylari joylashgan. 2022-2023-о‘quv yillarida yotoqxona bilan qamrab olinmagan institut talabalariga g‘amho‘rlik qilish va yotoqxonaga muhtoj yotoqxona bo‘gan talabalarni ko‘proq yotoqxona bilan qamrab olish chora-tadbirlari doirasida institut rektorining tashabbusi bilan 1 va 2-sonli Talabalar turar joylarida 1 o‘rinli krovatlarni 2 o‘rinli krovatlarga almashtirilishi hisobiga qo‘shimcha 200 tadan ortiq yotoq o‘rnlari yaratilishi hisobiga hozirgi kunda 768 ta talaba yotoqxona bilan ta’minlangan. Birinchi navbatda yotoqxonaga muhtoj mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, chin yetim, boquychisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar joylashtirilgan hamda boshqa talabalar ham yotqxona bilan ta’minlandilar.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ta’limning an’anaviy va innovatsion uslublarini mohirona qо‘llab kelayotgan, faol rivojlanayotgan navqiron oliy о‘quv yurtidir.

Oʻzbekiston xalq artistlari F. Zokirov, O. Otajonov, N. Abdullayeva, M. Toʻxtasinov, R. Sultonova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Gʻ. Boytoyev, F. Solihova va boshqa institutda taʼlim olgan.[2]

Manbalar tahrir