Oʻzbekiston prezidentlik saylovi (2016)

Oʻzbekiston Prezidenti saylovi — 2016-yilning 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari[1].

← 2015   Oʻzbekiston  2021 →
Oʻzbekiston prezidentlik saylovlari (2016)
2016-yil 4-dekabr
Nomzod: Shavkat Mirziyoyev Sarvar Otamuratov Narimon Umarov
Partiya: Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi
Nomzod: Hotamjon Ketmonov
Partiya: Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi

Saylov tahrir

2016-yil 2-sentyabr kuni amaldagi Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovi kunini belgiladi. Saylovoldi kampaniyasiga 9-sentyabrdan ruxsat berildi[2]. Siyosiy partiyalar tomonidan prezidentlikka nomzodlar 30-sentyabrdan 20-oktabrgacha taqdim etildi[3][2]. Dastlabki natijalarga koʻra, Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev gʻolib boʻldi.

Natijalar tahrir

2016-yil 5-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini eʼlon qildi[4].

Nomzod Ovozlar %
Shavkat Mirziyoyev 15,906,724 88,61
Hotamjon Ketmonov 669,187 3,73
Narimon Umarov 619,972 3,46
Sarvar Otamuratov 421,055 2,35
Yaroqli ovozlar 17,616,938 98,45
Yaroqsiz ovozlar 334,729 1,85
Umumiy (87,73 %) 17,951,667 100
Manba Gazeta.uz -

Manbalar tahrir

  1. Vibori Prezidenta proydut 4-dekabrya — Gazeta.uz
  2. 2,0 2,1 Uzbekistan: TsIK naznachil datu viborov prezidenta i obʼyavil o nachale izbiratelnoy kampanii
  3. Aktualnie temi, 2016-11-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-13
  4. Gazeta.uz