Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (17 yoshgacha)


17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi — xalqaro futbol turnirlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan milliy terma jamoa boʻlib, uning tarkibiga Oʻzbekistonning 17 yoshgacha boʻlgan (U-17) futbolchilari kirishi mumkin. Jamoa yoshlar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi Oʻzbekiston futbol federatsiyasi nazoratida boʻladi.

Oʻzbekiston
Shirt badge/Association crest
Tahallusi Oq boʻrilar
(White Wolves)
Assotsiatsiya Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Konfederatsiya AFC (Osiyo)
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Jamoliddin Rahmatullayev
Sardor Lazizbek Mirzayev
Uy stadioni Paxtakor markaziy stadioni
FIFA kodi UZB
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA U-17 Jahon chempionati
Ishtiroki 2 (Ilk marta 2011-yili)
Eng yaxshi natijasi Chorak-final, 2011
AFC U-17 Osiyo Kubogi
Ishtiroki 10 (Ilk marta 1994-yili)
Eng yaxshi natijasi Champions Champions (2012)

Tarixi tahrir

„Oq boʻrilar“ yoshlar jamoasi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi turli xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda.

7 marta 16 yoshgacha (U-16) yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi futbol boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati-2010 U-16 da Oʻzbekiston terma jamoasi turnir finaliga qadar yetib borgan va KXDR yoshlar terma jamoasining hal qiluvchi bahsida 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ilk bor musobaqa finalida maydonga tushdi va ilk bor kumush medal sohibiga aylandi. 2011-yilda 15 yoshgacha (U-15) oʻsmirlar terma jamoasiga Dilshod Nuraliyev yangi murabbiy etib tayinlangan. Nuraliev boshchiligida jamoa 2011-yilning 1-9-oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi 2012-yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi.

2012-yilda BAAda boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoa asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang oʻynab, finalda Yaponiyani penaltilar seriyasida 3:2 hisobida magʻlub etib, 1-oʻrinni egalladi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng 16 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi birinchi marta qitʼa kubogi — 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻlgan mamlakatning birinchi terma jamoasiga aylandi.[1][2][3]

17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan U-17 jahon chempionatida debyutini nishonladi. AQSH, Chexiya va Avstraliya terma jamoalari oʻrin olgan guruhdan milliy terma jamoamiz chiqishga muvaffaq boʻldi. 1/8 finalda oʻzbekistonliklar allaqachon tanish boʻlgan avstraliyaliklar ustidan gʻalaba qozonishdi — 4:0. Ammo chorak finalda Oʻzbekistonni Urugvayning tajribali oʻsmirlar terma jamoasi 0:2 hisobida magʻlub etib, toʻxtatib qoldi. Urugvay faqatgina finalda Meksikaga yutqazdi. 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasining Meksikadagi chempionatdagi debyut oʻyini Oʻzbekiston terma jamoalarining jahon chempionatidagi ilk yirik muvaffaqiyati boʻldi.

2012-yilda 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakunlariga koʻra, terma jamoa 2013-yilda BAAda boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 2012-yilgi Osiyo chempioni boʻlgan Dilshod Nuraliev yoshlar terma jamoasi Jahon chempionati-2013 dan barchaning umidi katta edi. Jamoa toʻplar nisbati boʻyicha Marokash termasidan ortda qolib, 7 ochko bilan ishonchli tarzda guruhdan 2-oʻrindan chiqib ketdi. Ammo 1/8 finalda jamoa kutilmaganda Gondurasga minimal 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv boshidanoq terma jamoa uchun omadsiz keldi: 24-daqiqada oʻyin hakami terma jamoa himoyachisi Akramjon Komilovni maydondan chetlatdi. Birinchi boʻlimda qizil kartochka olgani uchun Nuraliev oʻyinni qayta tiklashga majbur boʻldi va jamoa oʻyindagi dastlabki taktikani amalga oshira olmadi. Nuraliev oʻyin oldidan jamoa hujumkor futbol oʻynashini takidlagan edi.

2013-yilda Timur Alimxoʻjayev oʻsmirlar (U-15) terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Terma jamoa 2013-yilda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, 2014-yilda Tailandda boʻlib oʻtadigan 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi. 2014-yilning 24-iyun kuni Oʻzbekiston 16 yoshgacha boʻlgan (U-16) yoshlar terma jamoasiga avval „Oqtepa“ klubini boshqargan Aleksandr Mochinov bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 2014-yilgi 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Mochinov jamoasi chorak final toʻsigʻidan oʻta olmadi. U-16 terma jamoasi Suriya termasiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, 2015-yilgi U-17 jahon chempionati yoʻllanmasidan mahrum boʻldi. Mochinov terma jamoadagi lavozimini tark etdi.

Timur Alimxoʻjaev 15 yoshgacha boʻlgan yangi terma jamoaga 2016-yilgi Osiyo chempionati U-16 saralash oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun murabbiy etib tayinlandi. Jamoa 2016-yilgi Osiyo chempionatiga muvaffaqiyatli yoʻl oldi. 2016-yilgi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi Iroq U-16 termasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, yarim finalga chiqa olmadi.

2017-yilda 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasiga Dilshod Nuraliev yangi murabbiy etib tayinlangandi. 2017-yil sentabr oyida Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati-2018 saralash turnirida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda atigi 3-oʻrinni egallab, 2006-yildan buyon ilk bor Osiyo chempionatiga chiqa olmadi. 2017-yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Nuraliyevni terma jamoadagi qoniqarsiz natija uchun ishdan boʻshatgan.

2018-yilning 20-mart kuni Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Azamat Abduraimov Oʻzbekiston 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga yangi saralash bosqichiga murabbiy etib tayinlandi.

Asosiy turnirlar tahrir

Milliy terma jamoa murabbiylari tahrir

Jamoa tarkibi tahrir

U-17 tahrir

2023-yil 10-noyabrdan 2-dekabrgacha Indoneziyada boʻlib oʻtadigan FIFA yoshlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga quyidagi tarkib chaqirilgan.

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Jahongir Boʻriyev (2006-01-16)16-yanvar 2006 (17 yosh) 0 0   UZB Navbahor
12 1DA Jahongir Mamatqulov (2006-06-20)20-iyun 2006 (17 yosh) 3 0   UZB Qizilqum
21 1DA Muhammadyusuf Sobirov (2006-04-20)20-aprel 2006 (17 yosh) 2 0   UZB Bunyodkor
3 2HM Yahyo Oʻrinboyev (2006-12-15)15-dekabr 2006 (16 yosh) 4 0   UZB Paxtakor
4 2HM Behruz Karimov (2007-08-07)7-avgust 2007 (16 yosh) 0 0   UZB Odil Junior
6 2HM Ozodbek Oʻktamov (2006-07-10)10-iyul 2006 (17 yosh) 2 0   UZB Navbahor
8 2HM Behruz Shukurullayev (2006-10-27)27-oktyabr 2006 (17 yosh) 2 0   UZB Odil Junior
13 2HM Behruz Jumatov (2006-02-13)13-fevral 2006 (17 yosh) 4 0   UZB Odil Junior
15 3YH Ozodbek Ergashev (2006-09-18)18-sentyabr 2006 (17 yosh) 1 0   UZB Qizilqum
19 2HM Sherzod Abdulboriyev (2006-06-20)20-iyun 2006 (17 yosh) 4 0   UZB Navbahor
2 3YH Aminbek Yoqubov (2006-12-27)27-dekabr 2006 (16 yosh) 0 0   UZB Lokomotiv Tashkent
5 3YH Azizbek Toʻlqinbekov (2007-02-10)10-fevral 2007 (16 yosh) 4 0   UZB Bunyodkor
7 3YH Lazizbek Mirzayev (Sardor) (2006-10-05)5-oktyabr 2006 (17 yosh) 4 1   UZB Lokomotiv Tashkent
16 3YH Muhammadali Raimov (2006-06-26)26-iyun 2006 (17 yosh) 1 0   UZB Olympik Toshkent
17 3YH Ollohbergan Karimov (2006-06-17)17-iyun 2006 (17 yosh) 4 0   UZB Soʻgʻdiyona
18 3YH Jasur Hikmatullayev (2006-01-09)9-yanvar 2006 (17 yosh) 0 0   UZB Bunyodkor
20 3YH Dilshod Abdullayev (2006-05-09)9-may 2006 (17 yosh) 1 0   UZB Olympik Toshkent
9 4HJ Amirbek Saidov (2006-02-01)1-fevral 2006 (17 yosh) 4 0   UZB Bunyodkor
10 4HJ Abdulhamid Turgʻunboyev (2006-05-16)16-may 2006 (17 yosh) 0 0   UZB Andijon-SGS
11 4HJ Quvonchbek Abrayev (2007-01-20)20-yanvar 2007 (16 yosh) 2 1   UZB Lokomotiv Tashkent
14 4HJ Shodiyor Shodiboyev (2006-03-29)29-mart 2006 (17 yosh) 4 1   UZB Navbahor

U-16 tahrir

U-15 tahrir

Hozirgi murabbiylar shtabi tahrir

2023-yil oktyabr holatiga koʻra

Lavozimi Ismi
Bosh murabbiy   Jamoliddin Rahmatullayev
Yordamchi murabbiy   Sobir Usmonxoʻjayev
Mashgʻulotlar murabbiyi   Anvar Rahimov
Darvozabon murabbiyi   Ruslan Matniyozov

Musoboqalardagi tarkiblari tahrir

Soʻnggi natijalar va oʻrtoqlik uchrashuvlari tahrir

U-16 tahrir

5-oktyabr 2022 AFC U-17 Q Bruney   0–14   Oʻzbekiston Toshkent, Oʻzbekiston
18:00 5:00 Report
Stadion: Jar
Hakam: Shukri Al Hanfosh (Saudiya Arabistoni)
7-oktyabr 2022 AFC U-17 Q Oʻzbekiston   3–2   Janubiy Koreya Toshkent, Oʻzbekiston
18:00 5:00
Report
Stadion: JAR stadioni
Hakam: Bijan Heidari (Eron)
16-noyabr 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi Rossiya   2–2   Oʻzbekiston
2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi Rossiya   5–0   Oʻzbekiston
26-dekabr 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi Saudiya Arabistoni   2–1   Oʻzbekiston
29-dekabr 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi Saudiya Arabistoni   1–1   Oʻzbekiston

U-17 tahrir

22-yanvar, 2023-yil(2023-01-22) Oʻrtoqlik uchrashuvi Hindiston   2–0   Oʻzbekiston Vasco da Gama, Hindiston
15:30 UTC+5:30
Report Stadion: Tilak Maidan
Tomoshabin: 100
Hakam: Tejas Nagvengenkar (Hindiston)
24-yanvar, 2023-yil(2023-01-24) Oʻrtoqlik uchrashuvi Hindiston   0–3   Oʻzbekiston Vasco da Gama, Hindiston
20:30 UTC+5:30 Report
Stadion: Tilak Maidan
Tomoshabin: 50
Hakam: Tejas Nagvenkar (Hindiston)
10-fevral, 2023-yil(2023-02-10) Antaliya yoshlar kubogi Marokash   0–1   Oʻzbekiston Antalya, Turkiya
18:00 UTC+2 Report Stadion: Arslan Zeki Demirci
12-fevral, 2023-yil(2023-02-12) Antaliya yoshlar kubogi Chexiya   0–1   Oʻzbekiston Antaliya, Turkiya
16:00 UTC+2 Report
Stadion: Arslan Zeki Demirci
15-fevral, 2023-yil(2023-02-15) Antaliya yoshlar kubogi Oʻzbekiston   2–1   Avstraliya Antalya, Turkiya
18:00 UTC+2
Report
Stadion: Arslan Zeki Demirci
4-mart, 2023-yil(2023-03-04) Oʻrtoqlik uchrashuvi Urugvay   5–2   Oʻzbekiston Montevideo, Urugvay
--:-- UTC−3
6-mart, 2023-yil(2023-03-06) Oʻrtoqlik uchrashuvi Urugvay   2–1   Oʻzbekiston Montevideo, Urugvay
--:-- UTC−3
8-mart, 2023-yil(2023-03-08) Oʻrtoqlik uchrashuvi Argentina   8–0   Oʻzbekiston Buenos Ayres, Argentina
--:-- UTC−3
Stadion: Predio Ezeiza
10-mart, 2023-yil(2023-03-10) Oʻrtoqlik uchrashuvi Argentina   2–1   Oʻzbekiston Buenos Aires, Argentina
--:-- UTC−3 Stadion: Predio Ezeiza
25-aprel, 2023-yil(2023-04-25) Oʻrtoqlik uchrashuvi Oʻzbekiston   5–1   Yaman Toshkent, Oʻzbekiston
--:-- UTC+4
Report
28-aprel, 2023-yil(2023-04-28) Oʻrtoqlik uchrashuvi Oʻzbekiston   2–0   Yaman Toshkent, Oʻzbekiston
--:-- UTC+4
18-may, 2023-yil(2023-05-18) Oʻrtoqlik uchrashuvi Qatar   Eʼlon qilinmagan   Oʻzbekiston Doha, Qatar
--:-- UTC+4 Stadion: Aspire Academy stadioni
31-may, 2023-yil(2023-05-31) Oʻrtoqlik uchrashuvi Oʻzbekiston   2–3   FC Bunyodkor U-19 Toshkent, Oʻzbekiston
--:-- UTC+4
  • Yakubov  
  • Saidov  
Report
6-iyun, 2023-yil(2023-06-06) Oʻrtoqlik uchrashuvi Malayziya   2–3   Oʻzbekiston Selangor, Malaysia
20:45 UTC+8
  • Farish Danish   18'
  • Ryan Fahreen   79'
  • Mirzayev   12'
  • Uktamov   66'
  • Karimov   70'
Stadion: UiTM stadioni
17-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 Yaponiya   1–1   Oʻzbekiston Rajamangala stadioni, Bangkok
17:00
Report
Tomoshabin: 421
Hakam: Mongkolchai Pechsri (Tailand)
20-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 Oʻzbekiston   1–0   Hindiston Thammasat stadioni, Pathum Thani
19:00
Report Tomoshabin: 98
Hakam: Shen Yinhao (Xitoy)
23-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 Vyetnam   0–1   Oʻzbekiston Thammasat stadioni, Pathum Thani
19:00 Report
Tomoshabin: 149
Hakam: Kim Jong-hyeok (Koreya Respublikasi)
26-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 Saudiya Arabistoni   0–2   Oʻzbekiston Thammasat stadioni
21:00 Report
Tomoshabin: 170
Hakam: Ahmed Al-Ali (Iordaniya)
29-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 Janubiy Koreya   1–0   Oʻzbekiston Pathum Thani stadioni, Pathum Thani
21:00
Report Tomoshabin: 496
Hakam: Banerjee Pranjal (Hindiston)
8-avgust 2023 Oʻrtoqlik uchrashuvi Hiroshima yoshlar futbol chempionati Sanfrecce Hiroshima U-18   2–0   Oʻzbekiston Xirosima
21:00 Report
10-avgust 2023 Oʻrtoqlik uchrashuvi Xirosima yoshlar futbol chempionati Sanfrecce Hiroshima U-21   3–1   Oʻzbekiston Xirosima
21:00 Report
12-avgust 2023 Oʻrtoqlik uchrashuvi Xirosima Yoshlar olimpiada oʻyinlari Yaponiya   4–0   Oʻzbekiston Xirosima
21:00 Report
20-avgust, 2023-yil(2023-08-20) CAFA U-17 chempionati 2023 Oʻzbekiston   3–1   Eron Hisor markaziy stadioni, Hisor
20:00
Hakam: (Qirgʻiziston)
21-avgust, 2023-yil(2023-08-21) CAFA U-17 chempionati 2023 Kyrgyz Republic   0–2   Oʻzbekiston Hisor markaziy stadioni, Hisor
20:00
25-avgust, 2023-yil(2023-08-25) CAFA U-17 chempionati 2023 Oʻzbekiston   0–2   Tojikiston Hisor markaziy stadioni, Hisor
20:00
Hakam: Mederbek Taichiyev (Qirgʻiziston)
27-avgust, 2023-yil(2023-08-27) CAFA U-17 chempionati 2023 Afgʻoniston   0–3   Oʻzbekiston Hisor markaziy stadioni, Hisor
18:00
Hakam: Abdullo Davalatov (Tojikiston)
8-sentyabr, 2023-yil(2023-09-08) Oʻrtoqlik uchrashuvi Marokash   0–1   Oʻzbekiston Turkiya
18:00 Report
11-sentyabr, 2023-yil(2023-09-11) Oʻrtoqlik uchrashuvi Marokash   2–0   Oʻzbekiston Turkiya
18:00 Report
22-oktyabr, 2023-yil(2023-10-22) Oʻrtoqlik uchrashuvi Rossiya   2–4   Oʻzbekiston Turkiya
18:00
25-oktyabr, 2023-yil(2023-10-25) Oʻrtoqlik uchrashuvi Panama   0–0   Oʻzbekiston Turkiya
18:00 Report
28-oktyabr, 2023-yil(2023-10-28) Oʻrtoqlik uchrashuvi Senegal   3–1   Oʻzbekiston Turkiya
18:00
28-oktyabr, 2023-yil(2023-10-28) Oʻrtoqlik uchrashuvi Oʻzbekiston   2–0   Meksika Indoneziya
18:00 Report
10-noyabr, 2023-yil(2023-11-10) FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 Mali   3–0   Oʻzbekiston Manahan stadioni, Surakarta
16:00
Report Tomoshabin: 3,014
Hakam: Gustavo Tejera (Urugvay)
13-noyabr, 2023-yil(2023-11-13) FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 Oʻzbekiston   3–0   Kanada Manahan stadioni, Surakarta
19:00
Report Tomoshabin: 6,919
Hakam: Ivo Méndez (Boliviya)
16-noyabr, 2023-yil(2023-11-16) FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 Oʻzbekiston   2–2   Ispaniya Manahan Stadium, Surakarta
16:00
Report
Tomoshabin: 5,554
Hakam: Augusto Aragón (Ecuador)
22-noyabr, 2023-yil(2023-11-22) FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 Angliya   1–2   Oʻzbekiston Jakarta xalqaro stadioni, Jakarta
15:30
Report
Tomoshabin: 7,014
Hakam: Selvin Brown (Gonduras)
25-noyabr, 2023-yil(2023-11-25) FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 Fransiya   1–0   Oʻzbekiston Manahan Stadium, Surakarta
15:30
Report Hakam: Dahane Beida (Mauritania)

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir