Obid Yunusov (1934-yil 20-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2015-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbeki aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1990).

Obid Yunusov

Art-Trio jamoasi tomonidan chizilgan Obid Yunusovning portreti (2014-yil)
Tavalludi 20-noyabr 1934
Vafoti 21-sentyabr 2015

Tarjimayi holi tahrir

Obid Yunusov 1931-yil 20-noyabrda Toshkentda Yunus Rajabiy oilasida tavallud topgan. Otasi taniqli bastakor, kompozitor Yunus Rajabiy. 1956-yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.

1956—98 ylar Hamza teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da ishladi. Erkin („Aytsam tilim, aytmasam dilim“), Qayum („Yurak yonmogʻi kerak“), Xolmat („Boy ila xizmatchi“), Abbos („Mirzo Ulutbek“), Maʼmur („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Kirill qon"), Sino („Abu Ali ibn Sino“), Oʻtkuriy („Parvona“) kabi obrazlari bilan teatr sahnasidan mustahkam oʻrin oldi. U bir qancha filmlar („Armon“, „Toʻylar muborak“, „Chinor ostidagi duel“, „Chayon gul“, „Shaytanat“, „Sharpa“ va boshqalar)da ham suratga tushgan. U serqirra, murakkab va ayni chokda yaxlit harakter yaratuvchi aktyor boʻlib, uning qahramonlari jasoratli, ulugvor, harakat bilan nutqining rang-barangligi, musiqiy va sermaʼnoligi bilan ajralib turadi. Dublyaj sanʼatining mohir ustasi sifatida 1000 ga yaqin bosh rollar („Kirol Lir“da Lirga, „Sangam“da Sundurga va boshqalar)ga ovoz bergan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989), „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan takdirlangan (2003).[1] Rafiqasining ismi Shahloxon. Nabi va Olim ismli ikki oʻgʻli bor.

Manbalar tahrir

  1. Rajabiy, Hasan. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil