Olimpiya stadioni (Rim)

Italiya, Rimdagi stadion

Olimpiya stadioni (ital. Stadio Olimpico) — Rim shahrida joylashgan futbol stadioni. «Italiya forumi» sport majmuasining tarkibiga kiradi. Italiya Milliy Olimpiya qo'mitasiga tegishli. Oʻyingoh Rimning ikkita futbol klubining uy arenasi hisoblanadi: Roma va Lazio.

Olimpiya stadioni
Joyi Rim, Italiya bayrogʻi Italiya
Asos solingan 1928-yil
Qachon ochilgan 1937-yil
Qachon kengaytirilgan 1990-yil
Egasi Italiya milliy olimpiya qoʻmitasi
Meʼmor Enrico Del Debbio (1927)
Luigi Moretti (1932)
Annibale Vitellozzi (1953 va 1990)
Maurizio Clerici (1990)[1]
Hajmi 72.700
Maydon oʻlchami 105m × 68m
Maydon egalari
Regbi boʻyicha Italiya terma jamoasi, Roma, Lazio

Asosiy maʼlumotlar tahrir

1968- va 1980-yilgi Yevropa chempionatlari final oʻyinlari (2020-yilgi Yevropa chempionatininh guruh bosqichida 3 ta oʻyin va pley-offda 1 ta oʻyin boʻlib oʻtdi), shuningdek, 1990-yilgi Jahon chempionati finaliga mezbonlik qilgan.

Stadion 4 marta (1977, 1984, 1996, 2009) Yevropa kubogi/UEFA Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilgan.

Rim Olimpiya stadionidan ko'ra Yevropa asosiy turnirining finaliga Londonning Uembli stadioni koʻproq mezbonlik qilgan - 7 marta (1963, 1968, 1971, 1978, 1992, 2011, 2013).

Olimpiya stadioni faqat sport turlariga moslanganiga qaramay, musiqiy konsertlar ham boʻlib turadi. Xususan, 1998-yil 6-iyunda Claudio Baglionining konserti bo'lib o'tadi, bu konsert hanuzgacha Olimpikoda jami 100 000 dan ortiq tomoshabin yigʻilgani munosabati bilan rekord oʻrnatgan, bunda yordam bergan omil sahna stadionning markazida joylashgani va tomoshabinlar sahna atrofiga oʻrnatilgan o'rindiqlarda oʻtirgani bilan izohlanadi[2].

Tribunalar tahrir

 
Roma muhlislari tomonidan egallangan Curva Sud
 
Lazio muhlislari tomonidan egallangan Curva Nord

Stadionning hozirgi sig'imi 72.698 bo'lib, quyidagicha taqsimlangan[3]:

  • Tribuna Monte Mario – 16,555
  • Tribuna Tevere – 16,397
  • Distinti Sud Ovest – 5,747
  • Distinti Sud Est – 5,637
  • Distinti Nord Ovest – 5,769
  • Distinti Nord Est – 5,597
  • Curva Sud – 8,486
  • Curva Nord – 8,520

Oʻtkazilgan musobaqalar tahrir

  • 1960-yilgi yozgi Olimpiya o'yinlari
  • 1968-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionati
  • 1974-yil Yengil atletika bo'yicha Yevropa chempionati
  • 1975-yil yozgi Universiada
  • 1977-yil Yevropa kubogi finali
  • 1980-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionati
  • 1984-yil Yevropa kubogi finali
  • 1987-yil yengil atletika bo'yicha jahon chempionati
  • 1990-yilgi Jahon chempionati
  • 1996-yil UEFA Chempionlar Ligasi finali
  • 2001-yil yozgi Deaflimpiya o'yinlari
  • 2009-yil UEFA Chempionlar Ligasi finali
  • 2020-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionati

Mashhur xalqaro futbol musobaqalari tahrir

Futbol boʻyicha Yevropa chempionati 1968 tahrir

Stadion Euro-1968 o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda uchta o'yin o'tkazilgan.

Sana Vaqt (UTC+02 boʻyicha) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Bosqich Tashrif
8-iyun 1968 15:00   Angliya 2–0   SSSR Uchinchi oʻrin uchun bahs 68,817
21:15   Italiya 1–1   Yugoslaviya Final 68,817
10-iyun 1968 21:15   Italiya 2–0   Yugoslaviya Qaytadan final 32,886

Futbol boʻyicha Yevropa chempionati 1980 tahrir

Stadion Euro-1980 o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda toʻrtta o'yin o'tkazilgan.

Sana Vaqt (UTC+02 boʻyicha) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Bosqich Tashrif
11-iyun 1980 17:45   Chexoslovakiya 0–1   GDR Guruh 1 10,500
14-iyun 1980 20:30   Gretsiya 1–3   Chexoslovakiya 7,614
18-iyun 1980 20:30   Italiya 0–0   Belgiya Guruh 2 42,318
22-iyun 1980 20:30   Belgiya 1–2   GDR Final 47,860

Futbol boʻyicha Jahon chempionati 1990 tahrir

Stadion 1990-yilgi Jahon chempionati o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda oltita o'yin o'tkazilgan.

Sana Vaqt (UTC+02 boʻyicha) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Bosqich Tashrif
9-iyun 1990 21:00   Italiya 1–0   Avstriya Guruh A 73,303
14-iyun 1990 1–0   AQSh 73,423
19-iyun 1990 2–0   Chexoslovakiya 73,303
25-iyun 1990 2–0   Urugvay 1/16 final 73,303
30-iyun 1990   Irlandiya 0–1   Italiya Chorak final 73,303
8-iyul 1990 20:00   GDR 1–0   Argentina Final 73,603

Futbol boʻyicha Yevropa chempionati 1980 tahrir

Stadion Euro-1980 o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda toʻrtta o'yin o'tkazilgan.

Sana Vaqt (UTC+02 boʻyicha) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Bosqich Tashrif
11-iyun 2021 21:00   Turkiya 0–3   Italiya Guruh A 12,916
16-iyun 2021   Italiya 3–0    Shveysariya 12,445
20-iyun 2021 18:00 1–0   Uels 11,541
3-iyul 2021 21:00   Ukraina 0–4   Angliya Chorak final 11,880

Manbalar tahrir

  1. worldstadiums.com.
  2. "Tutto Baglioni in concerto". CORRIERE (21-may 2015-yil).
  3. "Stadio Olimpico – nuove tecniche di safety & security". VIGILI DEL FUOCO (15-iyul 2009-yil). 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.