Almaz Ülvi (Almaz Qasım qizi Binnətova, 1960-yil 8-avgust, Basarkeçər tumani) – ozarbayjonlik adabiyotshunos, yozuvchi, publitsist, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Nizomiy nomidagi adabiyot instituti bosh ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor[1]. Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Nizomiy nomidagi adabiyot institutining „Turkiy xalqlar adabiyoti“ boʻlimida bosh ilmiy xodim.

Almaz Ülvi
Almaz Qasım qızı Binnətova
Tavalludi 8-avgust 1960-yil (1960-08-08) (63 yosh)
Ozarbayjon
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Sohasi navoiyshunos
Ish joylari Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti
Taʼlimi Boku davlat universiteti

Biografiyasi tahrir

Almaz Ülvi 1960-yil 8-avgustda Ozarbayjonda oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1977-yilda oʻrta maktabni tamomlagan. 19781984–yillarda Baku Davlat Universitetida tahsil olgan. 19861988-yillarda Ozarbayjon Tillar Universitetini ikki yillik fors tili boʻlimini tamomlagan. 19841997-yillarda „Ədəbiyyat və incəsənət“ gazetasida va 1997-yildan „Xalq qəzeti“ning „Ədəbiyyat və incəsənət“ shoʻbasida ishlab kelyapti. Almaz Ülvi 1995-yilda „Demokratiya va milliy mustaqillik yoʻlidagi harakatning poeziyada aksi“ mavzusida nomzodlik, 2010-yilda esa „XX asr Ozarbayjon adabiyotshunosligida oʻzbek klassiklarining oʻrni“ mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Almaz Ülvi 1990-yilda Ozarbayjon Ozodligi yoʻlida shahid boʻlgan Ozarbayjon Milliy Qahramoni Ulvi Bunyodzodaning xotirasiga „Ulvi Bunyodzoda Xotira Muzeyi“ni tashkil etgan. Shuningdek, u „Atilla“ nomli ilmiy, adabiy-badiiy jurnalning taʼsischisi va bosh muharriridir. Ozarbayjon va xorijda 500 dan ortiq maqolasi chop etilgan. Olmos Ulviy Oʻzbekiston, Turkiya, Qirgʻiziston, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Turkmaniston, Avstriya va boshqa mamlakatlarda 60-dan ortiq ilmiy simpozium va konferentsiyalarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan.

Adabiy mulohazalari tahrir

Almaz Ülvi ozarbayjon va oʻzbek adabiy aloqalari kontekstida oʻzbek adabiyotiga doir 150 dan ortiq maqolalar nashr ettirgan. Olimaning 2009-yilda Toshkentda „Ozarbayjon-oʻzbek (chigʻatoy) adabiy aloqalari (davrlar, siymolar, janrlar, tamoyillar)“ va „Alisher Navoiy Ozarbayjon adabiyotshunosligida“ kitoblarining taqdimoti oʻtkazilgan. U taniqli va isteʼdodli shoira Xosiyat Rustamova sheʼriyatini tahlil qilar ekan, oʻzbek adabiyotida oʻzining betakror ijodi bilan yangi bir ovoz, yangi bir isteʼdod kirib kelganligini eʼtirof etadi: „XXI asr oʻzbek poeziyasiga yangi, isteʼdodli, qalbi sheʼriyatga oshufta, dard, yangi ovoz bilan bir qiz qadam qoʻydi“ (ozarbayjon tilidan tarjima bizniki – O.SH.). Almaz Ülvi Xosiyat Rustamova sheʼriyatini Yunus Emro, Ulvi Bunyodzoda sheʼriyati biloan muqoyasa qilib oʻrganar ekan, uning oʻziga xos dardi, falsafasi borligini taʼkidlaydi[2].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir