Oltin baliq (ertak)

Aleksandr Pushkin yozgan ertak

Oltin baliqAleksandr Pushkin qalamiga mansub ertak. Ertakdagi sexrli baliq ibtidoiy inson tushunchasi bilan bogʻliq boʻlib, totemistik dunyoqarashlar asosida yuzaga kelgan. Qad. odamlar baliqni ham muqaddas bilib, unga sigʻingan. Shu bois baliq ertak qahramoniga aylangan. "Kalandar bilan Samandar", "Sohibjon bilan Ahmadjon", "Suhrob bilan Muzrob", "Sehrli baliq" ertaklari "Oltin baliq (ertak)"ning variantlaridir. Oltin baliq mazkur ertaklarda bosh qaxramonga yoʻldosh va koʻmakdosh bulib, syujet chizigida mavjud epizodlar harakatini taʼminlay-di, yechimda hal qiluvchi vazifani ba-jaradi. U "Oltin baliq (ertak)" ertagi va uning vari-antlarida baliqchining oʻgʻli tomonidan tutiladi va qoʻyib yuboriladi.

Oltin baliq
ruscha: Сказка о рыбаке и рыбке
Asosiy maʼlumotlar
Janr Rus ertagi
Muallif Aleksandr Pushkin
Orginal tili ruscha
Yozilgan sana 2-oktabr 1833-yil
Oltin baliq (ertak) Vikiomborda

Oltin baliq bilan bogʻliq boʻlgan ertaklar Sharkda va, umuman, jahon xalqlari ogʻzaki ijodida keng tarqalgan va shuhrat topgan. Barcha ertaklarda ham sirli baliq gʻalaba, doʻstlik, muvaffaqiyat timsoli sifatida aks etadi. Oltin baliq haqidagi ertaklarning yozma adabiyotga ham taʼsiri kuchli. Mas, A.S.Pushkinning "Balikchi va baliq haqidagi ertak" asari ana shu xil ertaklar asosida yaratilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil