The Man with the Golden Gun

(Oltin toʻpponchali kishidan yoʻnaltirildi)

The man with the golden gun (tarjimasi: Oltin toʻpponchali kishi) – Ian Fleming qalamiga mansub shu nomli asar asosida suratga olingan, Buyuk Britaniyalik afsonaviy superjosus James Bond haqidagi filmlarning toʻqqizinchisi. Bosh rolni aktyor Roger Moore ijro etgan[1][2].

Oltin toʻpponchali kishi
inglizcha: The man with the golden gun
Rejissyor(lar) Guy Hamilton
Prodyuser(lar) Albert Broccoli
Ssenariynavis(lar) Ian Fleming
Rollarda Roger Moore
Christopher Lee
Bernard Lee
Bastakor(lar) Marvin Hamlish
Distribyutor United Artists
Chiqarilgan sanasi 1974
Davomiyligi 125 daqiqa
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Byudjeti 7 000 000 $
Daromadi 97 600 000 $
Avvalgi film Yashayver
Keyingi film Meni sevgan josus

Mazmuni tahrir

007 raqami tushirilgan tilla oʻq Britaniya razvedka xizmati – MI6 shtab-kvartirasiga yuboriladi. MI6 boshligʻi M, bu oltin toʻpponchadan oltin oʻqlar bilan oʻldiradigan mashhur qotil Fransisko Scaramanganing ogohlantirishi deb qabul qiladi. M agent 007 – James Bondga taʼtilga chiqishni va xavfni oldini olish uchun panada yurishni taklif qiladi. Bond yuzini deyarli hech kim koʻrmagan Scaramanganing oʻzini qidirib topib, uni oʻldirishni rejalaydi.

Buning uchun Scaramanga uning koʻz oʻngida oʻldirgan 002 agentining ayolini qidiradi. Oltin oʻqni undan olib, Q laboratoriyasiga olib boradi. Maʼlum boʻlishicha, Makaoda yashovchi mashhur qurol ustasi yasagan. Bond uni soʻroq qiladi, lekin u ham Scaramanganing yuzini koʻrmagan va u haqida juda kam narsa biladi. Izlashda Bondga Goodnight laqabli qiz va xitoylik leytenant Hip yordam beradi.

James Scaramanga oroliga kirib boradi va kriogen reaktorlar asosida quyosh toʻpini qurganini bilib oladi. Scaramanga oʻzi uzoq vaqtdan beri orzu qilgan duelga Bondni taklif qiladi va Bond bu ekstravagant duel davomida raqibini oʻldiradi.

Bond Goodnight bilan birga uning ehtiyotsizligi tufayli choʻkayotgan Scaramanga orolidan qochadi. U yerda yaxtaga yashirincha kirgan Nick Knack ularning hayotiga suiqasd qiladi. James uni ushlab, ustunga bogʻlab qoʻyadi.

Manbalar tahrir

  1. Amazing, Mr Bond, but you're still a winner (1974-yil 22-dekabr).
  2. Maud Adams. Inside A View to a Kill [VCD/DVD]. MGM Home Entertainment Inc.