Omonullaxon (1892.1.6, Kobul -1960.25.4, Syurix) — Afgʻoniston amiri (1919—29), barakzaylar sulolasidan. Amir Habibullaxonnmnt oʻgʻli. Otasi saroy fitnasi natijasida oʻldirilgach, taxtga chiqqan (1919-yil 21-fevral), Afgʻoniston mustaqil davlat deb eʼlon qilingandan soʻng (1919-yil 28-fevral), Angliya tomonidan Uchinchi inglizafgʻon urushi boshdangan (1919-yil 6-may). Bu urushda afgʻonlar gʻalaba qilib, Ravalpindida tinchlik shartnomasi imzolangan (1919-yil 8 avgust). Rossiya, Tur-kiya, Eron, Germaniya, Italiya va Fransiyaga favqulodda missiyalar yuborib, bu davlatlar bilan yosh Afgʻoniston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. O. Yosh afyunlar taʼsirida Afgʻonistonda muhim islohotlar oʻtkazgan. Abdulquddusxon Ittimodiy bosh vazir, Mahmud Tarziy tashqi ishlar vaziri, general Muhammad Nodirxon (Nodirshoh) harbiy vazir boʻldi. Afgʻoniston Konstitutsiyasi qabul qilingan (1923). 1927-yil dekabr — 1928-yil iyunda Hindis-ton, Turkiya, Eron, SSSR va boshqa mamlakatlarda boʻlib, Gʻarb turmushidagi taraqqiyparvar anʼanalarini Afgʻoniston hayotiga tatbiq qilishga intilgan. Biroq O.ning islohotlari qattiq qarshilikka uchradi. Bir tomondan, mulla Levanay boshchiligidagi jan, qabilalarning markaziy hokimiyatga qarshi isyonlari kuchaygan boʻlsa, ikkinchi tomondan, hukumat ichidagi konservativ fikrlovchi ayrim vazirlar (Nodirxon va boshqalar) muxolifatga qoʻshilgan. 1928—29 yillarda tojik deh-qoni Habibulla-Bachai Saqqo rahbarligida shimolida koʻtarilgan qoʻzgʻolon natijasida O. taxtdan voz kechishga majbur boʻlgan (1929-yil 14-yanvar) va Qandahorga qochib ketgan.

Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Gʻulom Siddiqxon va mamlakatning SSSR dagi elchisi Gʻulom Nabixon Charxiy Moskvada I.V.Stalin bilan uch-rashgach, O.ga harbiy yordam koʻrsatish haqidagi rasmiy taklif qondiriladi (1929-yil mart). V. Primakov boshchiligidagi sovet harbiy qismlari Afgʻonistonga kiritilgan (1929-yil 14-aprel — 31-may). Biroq 1929-yil may oyining oxirida yangi amir — Habibullaxonga qarshi kurashni toʻxtatib, O. 20 xalta tilla (10 mln. oltin tilla) va boshqa qimmatbaho boyliklar hamda qarindosh-urugʻlarni olib, avval Hindiston, soʻngra Italiyaga joʻnashgan. 1948-yilda Afgʻonistondagi mavjud siyosiy hoki-miyatni tan olgach, uning fuqarolik huquqlari tiklandi. Jalolobod (Afgʻ-oniston)da dafn etilgan.

Ad:. Nazarov X., Sotsialnie dvijeniya 20-godov XX veka v Afganistane, Dushanbe, 1989; Rajabov Q., Buxoroga Qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil