Oq tanli sardor

irlandiyalik-amerikalik yozuvchi Thomas Mayne Reid qalamiga mansub roman

„Oq tanli sardor“ (inglizcha: The White Chief), toʻliq nomi „Oq tanli sardor: Shimoliy Amerika afsonasi“ (inglizcha: The White Chief: A Legend of North Mexico) — irlandiyalik-amerikalik yozuvchi Thomas Mayne Reid qalamiga mansub roman. Ilk bor 1855-yil chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Oq tanli sardor
Asl nomi The White Chief
Muallif(lar) Thomas Mayne Reid
Tarjimon(lar) Erkin Mirobidov
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1855
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1990
Sahifalar soni 368
ISBN ISBN 5-633-00450-7

„Oq tanli sardor“ Mayne Reidning eng taniqli asarlaridan biridir. Romanda Shimoliy Amerikaning mahalliy aholisi boʻlmish hindularning amerika va ispan bosqinchilariga qarshi kurashi haqida soʻz yuritiladi.

Syujet tahrir

Romandagi hodisalar 18-asr oxiri-19-asr boshida Meksikada sodir boʻladi. Romanda Shimoliy Amerikaning mahalliy aholisi boʻlmish hindularning amerika va ispan bosqinchilariga qarshi kurashi haqida soʻz yuritiladi. Mayne Reid romanni 1840-yillarda Amerika va Meksika oʻrtasida boʻlib oʻtgan urushda boshidan kechirganlariga asoslanib yozgan.

Qahramonlar tahrir

  • Carlos (talaffuzi: Karlos) – oq tanli sardor
  • Rosita (talaffuzi: Rosita) – Carlosning singlisi
  • Catalina de Cruces (talaffuzi: Katolina de Krusse) – Carlosning sevgilisi
  • Don Juan (talaffuzi: Don Xuan) – Rositaning sevgilisi
  • Antonio (talaffuzi: Antonio) – Carlosning yaqin doʻsti
  • Josefa (talaffuzi: Xosefa) – Antonioning qalligʻi
  • Roblado(talaffuzi: Roblado) – Carlosning ashaddiy dushmani, kapitan
  • Vizcarra (talaffuzi: Viskarra) – Robladoning doʻsti, Carlosning dushmani
  • Joaquin (talaffuzi: Xoakin) – Carlosning dushmani, iyezuit
  • Gomez (talaffuzi: Xomes) – Carlosning dushmani
  • Don Ambrosio (talaffuzi: Don Ambrosio) – Catalinaning otasi
  • Vicenza (talaffuzi: Visensa) – Catalinaning oqsochi, aygʻoqchi
  • Manuel (talaffuzi: Manuel) va Pepe (talaffuzi: Pape) – bizon ovchilari, Carlosni izlaganlar
  • Andres (talaffuzi: Andres) – otboqar, Catalinaga doʻst

Oʻzbekcha tarjima tahrir

Asarni oʻzbek tiliga 1956-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shavkat Turob – muharrir, E. Kigay – rassom, R. Zufarov – rasmlar muharriri, V. Demchenko – texnik muharrir, B. Yunusov – musahhih. Kitob adadi – 100 000 nusxa.

Manbalar tahrir

  1. „Oq tanli sardor“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 10-noyabr.

Havolalar tahrir