OqdaryoZarafshon daryosining ikki yirik tarmogʻidan biri. Samarqand shahridan 7 km kuyida, Choʻponota tepaligi yaqinida, Zarafshon ikkiga — Oqdaryo va Qoradaryoga ajraladi. Xatirchi qishlogʻi yonida yana birlashadi. Oqdaryoning uz. 131 km, suv sarfi 230 m³/sek. (Samarqand gidrouzelida). Oqdaryodan yigirmadan ortiq ariq suv oladi. Shundan oʻng sohilida (Qurbonobod uz. 9,6 km, Yangikent 34 km va boshqalar), 9 tasi chap sohilda (Shaxob — 17 km, Gʻazara — 26,8 km, Chelak — 9 km va boshqalar). Bu kanallar orqali Payariq, Ishtixon va Xatirchi tumanlaridagi xoʻjaliklar yerlari sugʻoriladi.[1]

Oqdaryo
Tavsif
Uzunligi 131
Suv sarfi 230 m³/s
Davlat Oʻzbekiston

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil