Oqiziqlar — daryo oqimlari bilan birga suv omborlari, kul va dengizlarga oqib keladigan mineral va organik zarrachalar. O. daryo uzani, jarlik va soylarning oqar suvlar, daryo havzalaridagi jinslarning yomgʻir va erigan qor suvlarida yuvilishidan hosil boʻladi. Tabiiy sharoitlarda O.ning katta-kichikligi togʻ daryolarida bir necha oʻnlab sm gacha borishi mumkin (shagʻal va harsanglar). Suvdagi O. miq-dori uning loyqalik darajasini belgilaydi, kg/m3, g/m3, mg/l va %da ulcha-nadi. Oʻrta Osiyoning tekisliklaridan oqadigan daryolarida loyqalik darajasi yuqori (Amudaryoda 4,6, Sirdaryoda 2 kg/m3 gacha). Suvdagi harakatiga qarab O. muallaq (suv ichida suzib yuruvchi) va suv osti (suv ostida oʻzan boʻylab sirgʻalib siljiydigan) turlarga bo'linadi. Suvning oqim tezligiga qarab suv osti O. muallaq holatga oʻtishi va aksincha bo'lishi mumkin. Ayniqsa, toshqin va tulin suv vaqtida O. juda jadal hosil bo'ladi. Maʼlum vaqt ichida (oy, yil) oqimning joʻshqin kesimi orqali oʻtuvchi O. miqdori daryoning qattiq oqimi (t/oy, t/yil) deyiladi. Oʻrta Osiyo daryolarining qattiq oqimi juda katta miqdorni tashkil etadi. Mas, Amudaryo yiliga 300 mln. t gacha O. keltiradi. O.ni va qattiq oqimni o'rganish gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatishda katta ahamiyatga ega. O. chukishi natijasida suv olish inshootlarining xizmat muddati qisqaradi, kanallarning suv oʻtkazish imkoniyati va suv omborlarining sigʻimi kamayadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. Boqiyev, Masharif. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil