Oqtepa ges, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oqtepa gidroelektr stansiyasi — Oʻzbeki-stonda dastlabki qurilgan gidro-elektr stansiya. "Oʻzbekenergiya" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "Toshkent GESlari kaskadi" shoʻʼba korxo-nasi tarkibida. Chirchiq — Boʻzsuv suv traktining oʻrta qismida joylashgan (Toshkent shahrida). 1935-yil 2-maydan qurila boshlagan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan qurilish vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan. GES qurilishida Toshkent shahrining aholisi hashar yoʻli bilan faol qatnashdi. Stan-siyada bitta 15 ming kVt li agregat oʻrnatilgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyati isteʼmolchilariga elektr energiyasi yetkazib beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil